Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Iroq matbuoti Miroslav Soukupni tanqid qildi

Iroq matbuoti Miroslav Soukupni tanqid qildi

Baho:
+ | -

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi deyarli butun o‘yin davomida Iroqqa qarshi bir kishi kam bo‘lib to‘p tepib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Iroq matbuoti mazkur o‘yindagi taktika uchun chexiyalik murabbiy Miroslav Soukupni tanqid ostiga oldi. Ushbu maqolani tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola etamiz.

"Miroslav Soukup boshchiligidagi Iroq olimpiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi 98 daqiqa davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Boisi, o‘zbekistonliklar darvozaboni 12 daqiqada maydondan chetlatilgandi.

Soukup raqibni taslim etish uchun birinchi bo‘limda kerakli taktikani qo‘llay olmadi. Darvozabon maydondan chetlatilgach, Iroq oldinga tashlanmadi, himoyaviy taktikada o‘ynashda davom etdi.

Himoyadagilar esa xatolarga yo‘l qo‘yib, ko‘p sariq kartochkalar olishdi. Shu bois, O‘zbekiston bosim qilishni davom ettirdi. Ular iroqliklarning bu sustkashligidan foydalanib, birinchi bo‘lim so‘ngida penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi va hisobni tenglashtirishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanganda ham Iroqning lanj o‘yini davom etdi. O‘yinni kuchaytira oladigan futbolchi topilmadi. Mudofaadagi tartibsiz harakatlar tufayli mezbonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi.

Iroqning o‘yinidagi faollikni faqat 58-75-daqiqalar oralig‘ida ko‘rdik. Hasan Abdulkarim va Ammar G‘olib juftligi raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olishdi. Shu bois, G‘olib individual mahorat evaziga hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha bo‘limda Soukup himoyani musthakamlashga qaratilgan o‘zgarishlarni amalga oshirib hayron qoldirishda davom etdi. Vaholanki, u hujumkor futbolchi Xiran Ahmadni maydonga tushirishi mumkin edi. Temur Kapadze esa hujumga yangi kuchlarni tashlab, o‘yin taqdirini ertaroq hal etishga urindi. O‘zbekiston bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, texnik, jismoniy va ruhiy jihatdan ustunlikka erishdi.

Miroslav Soukupning ishini Iroq futbol assosiasiyasi rahbariyati tahlil qilib, uning keyingi taqdirini masalasiga oydinlik kiritadi".

Kiritildi: 11:36, 12.06.2022.
O'qildi: 11536 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик