Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Mourinyo "Roma" rahbariyatiga talab qo‘ydi

Mourinyo "Roma" rahbariyatiga talab qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Roma" "Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luis va "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira o‘zining Twitter sahifasida.

Manbaga ko‘ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo ulardan birini transfer qilishdan manfaatdor, chunki portugaliyalik mutaxassis yarim himoya zonasida "top" futbolchini ko‘rmoqchi.

O‘tgan mavsumda Nevesh 36 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda. 25 yoshli portugaliyalikning shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi.

Duglas Luis o‘tgan mavsumda "Aston Villa" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda. 24 yoshli braziliyalikning Birmingem klubi bilan shartnomasi ham 2023 yilda yakuniga yetadi.

Kiritildi: 00:32, 13.06.2022.
O'qildi: 6636 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик