Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Mundial sari. Musobaqa mezbonlari bo‘lmish Qatar haqida

Mundial sari. Musobaqa mezbonlari bo‘lmish Qatar haqida

Baho:
+ | -

Shunday sport turlari bor-ki, ular faqatgina ma’lum bir mintaqa yoki davlatlardagina rivojlanadi, jon saqlaydi. Masalan, "Sumo" deganda o‘z-o‘zidan Yaponiya eslansa, "Xokkey" so‘zi tilga olinganda hammaning hayoliga Rossiya yoki Kanada o‘lkalari keladi.

Lekin "Futbol" deyilsa, fikrlar bir zumda tarqaladi. Hammaning futbolga bog‘liq o‘z xayollari, nom va manzillari hamda xotirasi bor. Hamma o‘z mahallasi, o‘zi to‘p surgan maydonni eslaydi. Ko‘plab mamlakatlarga nazar solsangiz, ularda futbolning alohida o‘rni bor ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Agar sport turlari hammasini alohida sayyoralarga qiyoslansa, futbolning bir o‘zi alohida galaktika.

Futbol mamlakat imijini tez va ta’sirli ko‘rinishda namoyish qilishning bir vositaga ham aylanib bo‘lgan. To‘g‘ri, ancha qimmat bo‘lgan vosita bu. Undan o‘sha imijni yaxshilash, potensialni namoyish qilish yo‘lida muvaffaqiyatli foydalanayotgan o‘lkalardan biri — Qatar!

Qatar rahbariyati tomonidan oxirgi 15 yilda tizimda qilingan urinishlar hozir o‘z mevalarini berib boshlagan. Milliy jamoa tarixda ilk bor Osiyo-kubogini qo‘lga kiritdi (2019). Mana endi 2022 yilning bosh turniri, so‘nggi to‘rt yillikning eng muhim musobaqasi va, Janni Infantino ta’biri bilan aytganda, tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati Qatarda o‘tadi.

Qatar rahbariyati tomonidan yoshlar futboliga qaratilayotgan e’tiborni alohida tilga olib o‘tmoq kerak. Mamlakat so‘nggi yillarda ko‘plagan futbol akademiyalarini bino qildi va shu orqali mahalliy aholini futbolga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirdi.

Hozirgi kunda "Barselona" jamoasi muruabbiyi sifatida katta natijalarni qo‘lga kiritayotgan Xavi ham Qatarning "As-Sadd" jamoasida to‘rt yil (2015-2019 yillarda) to‘p tepgan. Faoliyatini shu jamoada yakunlagach, "As-Sadd"ning sardori sifatida maydon ichida jamoani boshqargan futbolchi, keyinchalik murabbiy sifatida ikki yil (2019-2021 yillarda) shu jamoani boshqardi. Xavi boshchiligidagi jamoa ikki yil ichida naqd oltita kubokni qo‘lga kiritdi. Xavi "As-Sadd"ni Qatarning "Barselona"si qilmoqchi bo‘ldi va qisman bunga erishdi ham.

Xavi kabi yana ko‘plab yoshi o‘tib qolgan, tajribali futbolchilar Qatarga tashrif buyurmoqda. Bu transferlar qay darajada foyda berayotganini Xavi misolida ko‘rishimiz mumkin. U kabi katta futbolchilar, mahalliy futbolchilarga haqiqiy o‘rnak bo‘ladi va motivasiya beradi.

Qatarliklarning qo‘lga kiritgan yutuqlarini madh etish bilan birga, ularni kamchiliklari haqida ham aytib o‘tish lozim.

"Asalni ham ozi shirin" deydilar. Avom tilida asrdan-asrga ko‘chib kelayotgan bu maqol xuddi arab futbolchilari uchun aytilgandek. Arablar (shu jumladan Qatar ham) futbolchilarga ular loyiq bo‘lmagan maoshni to‘lab, ularni o‘sishdan to‘xtatib qo‘ygandek go‘yo. Agar e’tibor berib qaralsa, hech qaysi futbolchi arab diyorlariga yangi cho‘qqilarni zabt etish, futbolchilik karyerasida o‘sishga erishish uchun bormaydi. Bu yerga kelgan futbolchilar klass jihatidan emas, moliyaviy tarafdan o‘sadilar xolos.

Yevropada, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarda agar bir jamoa porlab chiqsa, shulardan hech bo‘lmasa ikki-uchtasi top-futbolchi bo‘lib yetishadi. Masalan, uch yil avval o‘tkazilgan "U-19 Euro-2019" musobaqasida chempion bo‘lgan ispanlardan Erik Garsiya, Ferran Torres kabi o‘yinchilar hozir ham katta futbolda o‘z o‘rinlariga ega.

Bundan bir necha yil avvalgi Qatar yoshlar jamoasida ham Abdulkarim Hassan, Akrom Afif kabi iste’dodli o‘yinchilar yorib chiqqan, hozir esa ular mahalliy "As-Sadd" jamoasining o‘yinchilari. Ko‘plab yosh iqtidor egalari turli xil sabablar ila ichki chempionatda, mahalliy jamoalar safida qolib ketadi, bu esa o‘sib kelyotgan Qatar futboli uchun bir qadam ortga tashlash bilan barobardir.

Qush bir qanotlab ucholmagani kabi, futbolchi ham bir qanotda parvoz qilolmaydi. Futbolchi uchun ikki qanot (mehnat va qobiliyat) mujassam bo‘lishi kerak. Qatarlik poloponlarda esa faqat bittasi (qobiliyat) bor edi, xolos.

Qatar joylashgan "A guruhi"da mezbonlar bilan bir qatorda Senegal, Niderlandiya va Ekvador terma jamoalari ham bor. Qatarning guruhdan chiqish imkoniyatlarini chamalaydigan bo‘lsak, bu mezbonlar uchun ancha mushkul ish ekanligiga guvoh bo‘lamiz. To‘g‘ri, jamoa o‘z muxlislari ichida, o‘z uyida o‘ynaydi. To‘g‘ri, boshqalar uchun noqulay iqlim, mezbonlar uchun ancha qulay. Lekin, bu faktorlar, Qatarni guruhdan chiqishu uchun "tramplin" vazifasini bajara olmaydigandek go‘yo. Chunki, mezbonlar Senegal va Niderlandiya kabi tarkibida yulduz futbolchilar bor jamoalar bilan bir guruhda. Qatar bu guruhda autsayder ekanligi bir qarashtayoq ko‘zga tashlanadi.

Lekin unutmasligimiz lozim-ki, "2019-yili Qatar Osiyo Chempioni bo‘ladi", deyilsa o‘sha vaqtda kam sonli muxlislar bu fikrga qo‘shilgan bo‘lardi. Lekin ko‘rdik-ki, alal-oqibat Qatar bu ishni uddasidan chiqdi!

Norboy muallim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:50, 14.06.2022.
O'qildi: 2951 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.