Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Kosta-Rika JCH-2022ning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi (videosharh)

Kosta-Rika JCH-2022ning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi (videosharh)

Baho:
+ | -

Kosta-Rika milliy jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining so‘nggi ishtirokchisiga aylandi. Shimoliy Amerika saralashida 4-o‘rinni egallagan ushbu jamoa qit’alararo saralash pley-off bahsida Okeaniya mintaqasi g‘olibi Yangi Zelandiya bilan to‘qnash keldi.

Kosta-rikaliklar uchrashuvning 3-daqiqasida Xoel Kempbellning goli evaziga hisobni ochishdi. Taym oxirida yangi zelandiyaliklar hisobni tenglashtirishgandi. Ammo hakam videotakrorni tomosha qilgach, hujumning boshlang‘ich qismida qoidabuzarlik aniqladi va golni bekor qildi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida osiyolik hakam yana bir marta Yangi Zelandiya zarariga qaror chiqardi. U vaziyatni qayta tomosha qilgach, Yangi Zelandiya terma jamoasi a’zosi Barbarusesga qizil kartochka berdi.

Kosta-Rika o‘yin oxirigacha hisobdagi ustunlikni saqlab qoldi va JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa Ispaniya, Germaniya va Yaponiya o‘rin olgan "E" guruhiga borib qo‘shildi.

JCH-2022 saralash. Qit’alararo pley-off bahsi
Kosta-Rika – Yangi Zelandiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 3 Kempbell.
Kosta-Rika – Navas, Fuller (Martines, 46), Duarte, Kalvo, Ovyedo, Torres (Uoston, 46), Borxes (Chakon, 79), Texeda, Kempbell (Venegas, 90), Kontreras, Bennette (Ruis, 46).
Yangi Zelandiya – Seyl, Kirven (Peyn, 79), Rid (Djast, 72), Tuiloma, Peynaker, Kakache, Lyuis (Stamenich, 80), Bell, Garbett (Ueyn, 60), Vud, Griv (Barbaruses, 60).
Ogohlantirishlar: Rid (70), Kontreras (90), Ruis (90).
Chetlatish: Barbaruses (69).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:48, 15.06.2022.
O'qildi: 3589 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.