Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Mundial sari: JCH-2022 ishtirokchilari orasida qimmat tarkibga ega terma jamoa qaysi?

Mundial sari: JCH-2022 ishtirokchilari orasida qimmat tarkibga ega terma jamoa qaysi?

Baho:
+ | -

Jahon chempionati boshlanishiga hali ko‘p muddat bor, ammo  hozir har bir qit’ada terma jamoalar o‘yinlari o‘tkazimoqda. Ba’zi-birlari o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa, Yevropada Millatlar ligasi davom etmoqda. Garchi, Mundial startiga ko‘p vaqt bo‘lsa-da, bugun biz JCH-2022 da ishtirok etadigan terma jamoalarga, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ularning qiymatiga e’tibor qaratmoqchimiz.

Argentina (617 mln yevro)

Bir necha yil oldin Argentina terma jamoasi tarkibi Lionel Messi tufayli 100 million yevro qimmatroq baholangan edi. Hozirda "PSJ" hujumchisining narxi 50 million yevroni tashkil qiladi. Ayni damda "albiseleste"ning eng qimmat futbolchisi "Inter" hujumchisi Lautaro Martines bo‘lib, uning transfer narxi 75 million yevro etib belgilangan. Lautaro milanliklarningeng qimmat, A Seriyaning esa ikkinchi eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Faqat “Yuventus” forvardiDushan Vlaxovich A seriya doirasida Lautarodan qimmatroq baholangan - 85 million yevro.

Ispaniya (745 mln yevro)

Ispaniyada nisbatan yoshroq bo‘lgan futbolchilar bor, lekin bu hozirdanoq o‘z natijasini bermoqda. Luis Enrike shogirdlari Jahon chempionati yo‘llanmasiga birinchilardan bo‘lib ega chiqdi va Millatlar ligasida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. “Qizil furiya”ning eng qimmat futbolchisi “Barselona” yarim himoyachisi Pedri bo‘lib, uning transfer narxi 80 million yevroni tashkil qiladi. Pedri Kataloniya klubidagi eng qimmat, La Ligadagi esa ikkinchi eng qimmat futbolchidir. “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri (70 million yevro), “Barselona” vingeri Ansu Fati (60 million yevro) va “ko‘k-anorranglilar”ning yana bir futbolchisi Gavi (60 million yevro) ham  Ispaniya terma jamoasining qimmatbaho futbolchilari reytingidan joy olgan.

Germaniya (804 mln yevro)

Germaniya terma jamoasi har qanday turnirning favoritlaridan biri hisoblanadi. Jahon chempionatida ham shunday bo‘lishi aniq. Qolaversa, nemislaning o‘yini anchadan beri shakllanib kelgan. Hozirda Bundestemning eng qimmat futbolchisi Yozua Kimmix hisoblanadi. "Bavariya" yarim himoyachisi 80 million yevroga baholangan. Kimmix Myunxen klubining va Bundesliganing eng qimmat futbolchisidir. “Chelsi” yarim himoyachisi Kay Haverts (70 million), “Bavariya” yarim himoyachisilari Jamol Musiala (65 million), Leon Goretska (65 million) va vinger Serj Gnabri (65 million) ham “nemis mashinasi”ning eng eng qimmat futbolchisi reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan. Xans-Diter Flik "Bavariya"da katta muvaffaqiyatlarga erishdi, endi u terma jamoada ham shunday natijalarni takrorlashi kutilmoqda.

Portugaliya (844 mln yevro)

Portugaliya terma jamoasi ham ko‘plab musobaqalarning favoritlari qatoridan joy olib keladi. Qatardagi Mundial ham bundan mustasno emas.  Lekin ular har doim ham o‘ziga yuklatilgan vazifalarni uddalab kelgan. Krishtianu Ronaldu jamoa uchun muhim o‘yinchi bo‘lib qolmoqda, ammo uning transfer narxi asta-sekin pastlab ketdi. “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh ayni damda Portugaliyaning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Xavbekning narxi 90 million yevro. “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva (75 mln), himoyachilari Ruben Diash (75 mln) va Joau Kanselu (70 mln), “Atletiko” hujumchisi Joau Feliks (70 mln) va “Milan” vingeri Rafael Leau (70 mln) ham yuqori transfer qiymatiga ega. Portugaliyada avlodlar almashinuvi unchalik yaxshi ketmayapti, ammo Fernandu Santush jamoasi hali ham ko‘p narsaga qodir. 

Braziliya (1,01 milliard yevro)

Braziliya terma jamoasida har doim yuqori sifatli ijrochilar ko‘p bo‘lgan. Vinisius Junior hozirda Selesaodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. "Real" vingerining transfer narxi 100 mln yevroni tashkil qiladi. Vinisius “qirollik klubi” va La Ligadagi eng qimmat futbolchidir. Bundan tashqari, u dunyodaginarxi qimmat bo‘lgan charm to‘p ustalari uchligidan joy olgan. "PSJ" futbolchilari Neymar (75 mln), Markinyos (70 m), "Liverpul" darvozaboni Alisson (60 m), "Real Madrid" vingeri Rodrigo (60 m) va himoyachi Eder Miliatoning narxi (60 mln) ham Braziliya terma jamoasida yuqori baholanmoqda. Bunday yigitlar bilan “pentakapeonlar” JCHning asosiy favoriti bo‘lishi tayin.

Fransiya (1,06 milliard yevro)

Fransiya tarkibida har doim ko‘plab iqtidorli futbolchilar bo‘lgan. “Uch ranglilar”ning hozirgiko‘rinishi har doimgidanda kuchli. Ularning eng qimmat futbolchisi Kilian Mbappe hisoblanadi. “PSJ” hujumchisi 160 million yevroga baholanmoqda. Shuningdek, uni dunyodagi eng qimmat futbolchisi ekanligini ham unutmaslik kerak. “RB Leypsig” yarim himoyachisi Kristofer Nkunku (80 mln), “Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varan (60 mln), “Real” yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni (60 mln) va “Bavariya” vingeri Kingsli Koman (60 mln)ning narxi ham yuqori ko‘rsatkichga ega. Amaldagi jahon chempionlari o‘z unvonlarini qanday himoya qilishlari ko‘pchilik uchun juda ham qiziq.

Angliya (1,31 milliard yevro)

Angliya dunyoning istiqbolli jamoalaridan biri. Qolaversa, “uch sherlar” eng qimmat tarkibiga ham ega. Transfer qiymati bo‘yicha britaniyaliklar orasida Xarri Keyn yetakchi hisoblanadi. "Tottenxem" forvardi 100 million yevroga baholanmoqda va u dunyoning eng qimmat futbolchilari uchligiga kiradi. “Manchester Siti”ning bir nechta vakillari Angliya safida tarkib borasida yuqori qiymatga baholangan: Fil Foden (90 mln), Raxim Sterling (85 mln),  Jek Grilish (80 mln), “Borussiya  D” yarim himoyachisi Jud Bellingem (80 mln), “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold (80 mln). Yevro-2020 finalida mag‘lub bo‘lgan bu jamoa yangi cho‘qqilarni zabt etishga intilishi tayin.

Kiritildi: 22:11, 16.06.2022.
O'qildi: 6576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.