Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya 0-0 O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Top-5 chempionatlar yakuni: Yaxshilar aro eng yaxshilar

Top-5 chempionatlar yakuni: Yaxshilar aro eng yaxshilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yevropada eng sara milliy chempionatlar yakuniga yetishi bilan sport nashrlari va saytlarida statistik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan tahliliy ishlar boshlanib ketdi.

Demak, bugun Goal24 ma’lumotlari asosida mavsumning yaxshilari aro eng yaxshilari bilan birrov tanishib chiqamiz.

UCH KISHI BO‘LIB...

Bu yigitlar tinmay gol urish barobarida assistentlik qilishga ham odatlanib qolishgan. Yevropaning kuchli 5ta ligasidagi eng ilg‘or hujumchilar uchligi qayd etgan natijalarni umumlashtirsak, Bundesliga vakillari oldinda - «Gol+pas» tizimida jami 104 ball! Eng past natija esa La Liga va «A» seriya triolari tegishli - 83 ochko.

Angliya (APL)
Muhammad Saloh («Liverpul») - 23ta gol + 14ta samarali uzatma = 37 ochko
Krishtianu Ronaldu («MYU») - 18ta gol + 3ta samarali uzatma = 21 ochko
Son Xyun Min («Tottenxem») - 23ta gol + 9ta samarali uzatma = 31 ochko
Jami: 64ta gol + 26 samarali uzatma = 90 ochko

Ispaniya (La Liga)
Usmon Dembele («Barselona») - 1ta gol + 13ta samarali uzatma = 14 ochko
Karim Benzema («Real») - 27ta gol + 12ta samarali uzatma = 39 ochko
Vinisius Junior («Real») - 17ta gol + 13ta samarali uzatma = 30 ochko
Jami: 45ta gol + 38ta samarali uzatma = 83 ochko

Fransiya (Liga 1)
Lionel Messi («PSJ») - 6ta gol + 14ta samarali uzatma = 20 ochko
Neymar («PSJ») - 13ta gol + 6ta samarali uzatma = 19 ochko
Kilian Mbappe («PSJ») - 28ta gol + 19ta samarali uzatma = 47 ochko
Jami: 47ta gol + 39ta samarali uzatma = 86 ochko

Germaniya (Bundesliga)
Kristofer N'Kunku («RB Leypsig») - 20ta gol + 15ta samarali uzatma = 35 ochko
Robert Levandovski («Bavariya») - 35ta gol + 4ta samarali uzatma = 39 ochko
Erling Xoland («Borussiya» D.) - 22ta gol + 8ta samarali uzatma = 30 ochko
Jami: 77ta gol + 27ta samarali uzatma = 104 ochko

Italiya («A» seriya)
Lautaro Martines («Inter») - 21ta gol + 3ta samarali uzatma = 24 ochko
Chiro Immobile («Lasio») - 27ta gol + 3ta samarali uzatma = 30 ochko
Dushan Vlaxovich («Yuventus»/«Fiorentina») - 24ta gol + 5ta samarali uzatma = 29 ochko
Jami: 72ta gol + 11ta samarali uzatma = 83 ochko

ZARBA ORTIDAN ZARBA...
Yakunlangan mavsum kuchli 5ta ligada atigi 4 nafar futbolchi darvoza tomon aniq zarba yo‘llash borasida 50+ ko‘rsatkichini qayd etdi. Eng yuqori natija Robert Levandovski («Bavariya»)da 77ta zarbadan 35ta gol. Oxir-oqibat, «PSJ»da qolishga qaror qilib, «Real»ni ko‘p g‘azablantirgan Kilian Mbappe ham chakki emas - 60ta urinishdan 28ta gol. Antoni Modestning bu boradagi natijasi e’tiborga molik. Ushbu faxriy futbolchi kamtarin «Kyoln»da 43ta zarbadan 20ta gol hosil qildi.

DIQQAT, XAVF O‘CHOG‘I...
Bu futbolchilar raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirishni yaxshi bilishadi. Eng qizig‘i, eng ko‘p xavf tug‘dirgan futbolchilar reytingining kuchli 3taligida top-klublardan vakil yo‘q. Benjamin Burigoni bilasizmi? Liga 1 o‘yinlarida 121 marta xavfli vaziyat hosil qilgan «Renn»ning ushbu futbolchisi mutlaq peshqadam. Aytgancha, ushbu reytingni shakllantirishda muhim uzatmalar (yakunda gol olib kelgan «pas») soniga qaralgan.

ASOSIYSI - ANIQLIK...
Parijda aniqlikni nihoyatda qadrlashadi. Har holda, aniq uzatmalar foizi bo‘yicha tuzilgan reytingda «PSJ»ning naq 5 nafar futbolchisi bor. O, Prisnel Kimpembe statistikasiga qarang: 96,8 foizlik aniqlik. Oddiy aytganda, uning har 20ta uzatmasidan 19tasi aniq chiqqan. Qoyil!

ANIQMI-NOANIQ, TEPAVERAMAN...
Zarbalarning umumiy soni (aniq va noaniq urinishlar) bo‘yicha ham Robert Levandovski va Kilian Mbappe oldinda. Krishtianu Ronaldu bu borada hamon kuchli 10talikda bo‘lsa, Lionel Messi bu safar uzoq vaqtdan buyon ilk marta eng yaxshilar qatoriga kirolmadi.

FAQAT JARIMA MAYDONI ICHIGA...
Joau Kanselu - to‘pni raqib jarima maydoniga yetkazib berishda benazir. «Manchester Siti» vakili yakunlangan mavsum bu masalada hattoki, Trent-Aleksander-Arnoldni ham ortda qoldirdi. Lionel Messining natijasi esa uning ko‘proq jamoa uchun o‘ynaganidan dalolat.

HUSHYOR TORT, «KESUVCHI» TO‘P...
Liga 1 doirasidagi 26ta o‘yinda raqib futbolchilarini «kesib» o‘tgan 24ta uzatma - bu Lionel Messining yakunlangan mavsumdagi natijasi. Ha, argentinalik yulduz to‘pni bo‘sh hududda turgan jamoadoshiga raqiblar orasidan o‘tkazib berish bobida hamon tengsiz.

«QULF» SOLINGAN DARVOZA...
Ikki braziliyalik - Ederson va Alisson APLning 20tadan o‘yinini «quruq» yakunlashdi. «Manchester Siti» va «Liverpul» vakillarining bu boradagi eng yaqin ta’­qibchilari La Ligada: Aleks Remiro («Real Sosyedad») 19ta «quruq» o‘yinga ega. Germaniyada esa Manuel Noyerga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi - Koen Kastels. To‘g‘ri, «Bavariya» kiperi ham, «Volf­sburg»niki ham atigi 10tadan o‘yinda darvozaga «qulf» solish uddasidan chiqishdi, xolos.

Ravshan IBROHIM tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:30, 17.06.2022.
O'qildi: 2638 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.