Markaziy himoyachi Samuel Yumtiti "Barselona"ni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Sport.es portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati futbolchi bilan yangi mavsum boshlanishidan oldin shartnomani bekor qilishga tayyor. Klub endi hamkorlikdan manfaatdor emas.
Eslatib o‘tamiz, Samuel va "Barselona" o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi atigi bitta uchrashuvda ishtirok etgan. Himoyachi o‘ng oyog‘idagi operasiya tufayli butun mavsumni o‘tkazib yubordi.













