«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele muxlis tomonidan berilgan kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Men qolamanmi? Ha. «Chelsi»? Bu shunchaki mish-mishlar. «Barselona»da o‘zimni yaxshi his qilyapman», – dedi fransiyalik futbolchi.
25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 32ta o‘yinda ishtirok etib, 2 gol va 13 assist muallifiga aylandi. U "Barsa" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgan edi va shuning uchun jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilayotgan edi.