Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Sterling bilan shartnoma imzolashga ishonchi komil

"Chelsi" Sterling bilan shartnoma imzolashga ishonchi komil

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling "Chelsi"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida.

Manbaning ta’kidlashicha, "ko‘klar" 27 yoshli futbolchini qo‘lga kiritishlari mumkinligiga ishonchlari komil. Sterling "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelni juda yaxshi ko‘radi.

Qayd etilishicha, bitim summasi taxminan 35 million funt sterlingni (taxminan 41 million yevro) tashkil qiladi.

Avvalroq “shaharliklar” o‘z futbolchisini 60 million yevro tovon puli evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani, Sterlingning o‘zi esa “Chelsi”ga o‘tishga faqat asosiy tarkibdan joy kafolatlangan taqdirdagina rozi bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 01:40, 20.06.2022.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик