Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Tramp AQSH terma jamoasi futbolchisi bo‘yicha chiqarilgan shov-shuvli qarordan so‘ng FIFAga murojaat qildi

Tramp AQSH terma jamoasi futbolchisi bo‘yicha chiqarilgan shov-shuvli qarordan so‘ng FIFAga murojaat qildi

Baho:
+ | -3

Futbol muxlislari FIFAning shov-shuvga sabab bo‘lgan qarorini muhokama qilishmoqda: Folarin Balogun qizil kartochka olganiga qaramay, Jahon chempionatining 1/8 finalida Belgiyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladi. Gap shundaki, FIFA Balogunga nisbatan bir yillik sinov muddati bilan shartli diskvalifikasiya qo‘llashga qaror qildi.

Balogun jiddiy qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgani sababli, bu qaror keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. FIFAning bunday qaror qabul qilishiga tashkilot prezidenti Janni Infantino va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari sabab bo‘lgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Darvoqe, Trampning o‘zi ham Balogun bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.

«To‘g‘ri ish yo‘lini tutgani va katta adolatsizlikni tuzatgani uchun FIFAga rahmat!», — deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 22:51, 05.07.2026.
O'qildi: 4215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик