Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

AQSH terma jamoasi hujumchisi Balogun o‘tgan o‘yindagi chetlatishiga qaramay, Belgiyaga qarshi maydonga tushadi

AQSH terma jamoasi hujumchisi Balogun o‘tgan o‘yindagi chetlatishiga qaramay, Belgiyaga qarshi maydonga tushadi

Baho:
+ | -3

FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovinaga (2:0) qarshi bahsdagi qizil kartochkasi uchun berilgan bir o‘yinlik diskvalifikasiyasini vaqtincha to‘xtatdi. Shu tariqa, u JCH-2026 1/8 finali doirasida Belgiya milliy jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok eta oladigan bo‘ldi.

«Intizom kodeksining 27-moddasiga muvofiq, AQSH terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogunning avtomatik diskvalifikasiyasini ijro etish bir yillik sinov muddatiga to‘xtatildi», — deyiladi FIFA rasmiy saytida berilgan xabarda.

Avvalroq matbuotda amerikalik hujumchi bosniyalik Tarik Muxaremovichning to‘pig‘ini bosib olgani uchun bir nechta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 22:49, 05.07.2026.
O'qildi: 3100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик