Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Cho‘zilayotgan qayta qurish, islohotlar va inqirozlar. O‘tgan mavsum nimalar bilan yodda qoldi?

Cho‘zilayotgan qayta qurish, islohotlar va inqirozlar. O‘tgan mavsum nimalar bilan yodda qoldi?

Baho:
+ | -

Yakunlangan futbol mavsumi sarhisob qilinganda “Real”ning YECHLda 14-bor g‘olib chiqqani, Karlo Anchelottining murabbiy sifatida kuchli beshlik chempionatlarining barchasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgani va CHL kubogida 4 marta zafar quchgan ilk mutaxassisga aylangani, Leo Messining “Barsa”dan ketishi, Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi, “Milan”ning Italiya A seriyasidagi muvaffaqqiyati, Karim Benzemaning fenomenal o‘yini va hokazolarni eslaymiz. Biroq, futbol jamoatchiligi e’tiboridan chetda qolayotgan bir nechta masala borki, ular haqida gapirmaslik mumkin emas.

“Barselona” inqirozi

2006 yil “Barselona” prezidenti sifatida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Joan Laporta sentyabr oyidagi saylovlarda ham g‘alaba qozondi va UNICEF bilan shartnoma imzolaydi. Bu klub tarixidagi birinchi titul homiysi bo‘ldi. To‘g‘ri, shartnomaga ko‘ra, kataloniyaliklarning o‘zlari tashkilotga xayriya uchun badal to‘lagan va bir yevro ham ishlab olmagan. Bu esa bugungi kunda absurd narsaga o‘xshaydi.

“Bu bizning tashkilotimizni butun dunyo bo‘ylab “Mes que un club” (klubdan ko‘ra kattaroq) sifatida ko‘rsatadigan tarixiy kelishuvdir. Biz dunyo bolalariga yordam bersak, kelajagimiz buyuk bo‘ladi”, – degan edi Laporta UNICEF bilan shartnoma imzolaganidan keyin.

2022 yildi Joan Laporta “Barselona”ning aktivlarini sotadi. Albatta, qayta sotib olish huquqi bilan. Klub lisenziyalash huquqlarining 49 foizi va 25 yil davomida Ispaniya chempionati o‘yinlariga televideniye huquqidan tushgan daromadning 25 foizigacha miqdorda. Klub aktivlari sotilgandan keyin oladigan summa 600 million yevro atrofida o‘zgarib turadi. Hozircha, hatto klub prezidentining o‘zi ham aynan kim huquqlar xaridori bo‘lishini to‘liq tushunmayapti, ammo bunday bitimlarni tasdiqlash faktining o‘zi ko‘p narsadan dalolat beradi.

Rahbariyat oldida inqirozdan chiqishning samarali tizimi yo‘q va hech qachon bo‘lmagan. Sotish huquqi samarali qaror emas. Laporta klub kelajagi uchun katta tavakkal qildi. Albatta, agar transferlar va klub infratuzilmasiga kiritilgan sarmoya evaziga, umuman loyihani rivojlantirish bilan birga, prezident tashkilotni moliyaviy barqarorlikka olib chiqsa va nihoyat inqirozdan qutulsa, harakatlar o‘zini oqlaydi. Agar o‘sha garov ish bermasa... Balki biz “Barselona”ning iqtisodiy tanazzulini va inqiroz yillarini ko‘rarmiz. Juda xavfli harakat.

Kelgusi mavsumda jamoa kuchli tarkibga ega bo‘lishi va barcha sovrinlar uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishi ajoyib, lekin bir-ikki yildan keyin nima bo‘lishi javobsiz savolga o‘xshab ko‘rinmoqda.

“Arsenal” kun kelib, Chempionlar ligasiga qaytadi

Butun mavsum davomida “to‘pchilar” Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga bosqichma-bosqich ko‘tarilib bordi va yakunda uni “Tottenxem”ga shunchaki sovg‘a qildi. To‘rtinchi o‘rin ssenariysi uchun kurash qaysidir ma’noda 2015 yilgi “Liverpul” va “Manchester Siti”ning chempionlik poygasi o‘xshash bo‘ldi. Jerrard va “qizillar” asosiy raqibga qaraganda ochkolar ustunligiga ega edi va haqiqatdan ham so‘nggi pallada autsayder bilan o‘yinda yutqazib, ochko yo‘qotgan. Xuddi shunday “Arsenal” ham ashaddiy raqibga sevimli o‘rinni qo‘sh-qo‘llab topshirdi.

Mikel Arteta bunday raqobat sharoitida muhim o‘yinlarni boy berish uchun jamoasini tayyorlamagan. Biroq raqobatchilarning byudjet va tarkibdagi afzalliklari ham “Arsenal”dan ustun emas. Biroq “Manchester Yunayted” tizim, tarkib va bosh murabbiy o‘zgartirgani yana bir bor muxlislarga Chempionlar ligasi madhiyasini o‘z maydonlarida tinglash imkoniyatini berishi mumkin. Yangi mavsum, Gvardiola shogirdi uchun avvalgisiga qaraganda murakkabroq o‘tishi shubhasiz.

Klub rahbariyati barcha muvaffaqiyasizliklardan keyin ham Artetaga ishonishda davom etishi kerak. Loyiha haqiqatan ham juda yaxshi bo‘lib chiqdi, lekin resurslar yetarli emas. Ular hozir futbolda qanchalik ko‘p narsani anglatishi markaziy o‘yinlarda o‘z so‘zini aytadi.

Ko‘proq turnirlar, ko‘proq daromad va kamroq futbol

Uchinchi yevrokubok turnirini tushunish mumkin (Konferensiyalar ligasi). Millatlar ligasini ma’nosiz o‘rtoqlik o‘yinlariga qarshi muvozanat sifatida qabul qilish mumkin. Lekin nega bu qadar ko‘p turnir tashkil etilmoqda? Yozda Chempionlar ligasi g‘olibi Yevropa Superkubogi uchun o‘yin o‘tkazishi kerak. Yangi qoidalarga ko‘ra, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi g‘oliblari qaysi bosqichda o‘zaro uchrashishi mumkin? UEFA tashkiliy qo‘mitasiga savollar juda ko‘p.

Shuningdek, Chempionlar ligasining o‘zidagi islohotlar, ko‘proq jamoalar, ko‘proq o‘yinlar va 1/16 final bosqichining qo‘shilishi haqidagi gap-so‘zdar. Bu xuddi Germaniyadagi xokkey ligalarining pley-off uchun saralash o‘yinlar formatiga juda o‘xshash va aksincha juda yomon. Bu ketishda mavsumda omadsizlikka uchragan top-klublar uchun qo‘shimcha o‘rinlar joriy qilinmasa bo‘ldi. Sportda prinsip doimo g‘alaba qozonishi shart!

JCH-2026 turniridan boshlab “futbolni ommalashtirish” uchun jamoalar soni 48 taga yetkazilayotganini ham yoddan chiqarmang. Bunisi oshib tushadi. Biroq, nega FIFA prinsipial jihatdan saralash o‘yinlari bilan ovora bo‘lib qolmoqda? Axir, barcha 192 ta terma jamoa uchun ikki oylik turnir o‘tkazish mumkin. Qo‘shimchasiga buni har olti oyda bir marta uyushtirish mumkin-ku. Hurmatli tashkilotchilar, futbolchilar ham odam, futbol jozibasi yo‘qolmasligi uchun, mantiqsiz qarorlar qabul qilishdan tiyiling.

Hamma narsa futbol manfaati uchun xizmat qilsa, bundan futbol vakillari, muxlislar va eng muhimi tashkilotchilar eng ko‘p manfaat ko‘radi.

Ba’zan yaqin kelajakda UEFA va FIFA taqvimni dunyoning barcha burchaklarida o‘tkazilayotgan turnirlar bilan to‘ldirib, o‘yinlar vaqtini 60 daqiqagacha qisqartiradi va cheksiz almashtirishlar futbolga kirib keladigandek tuyuladi. Futbolni ortga qaytaring, hissiz robotlar ishtirokidagi o‘yinni ko‘rish, zerikarli.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 21:00, 21.06.2022.
O'qildi: 3650 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.