Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" bu transferni yakunlashga yaqin turibdi

"Manchester Yunayted" bu transferni yakunlashga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Ayaks"ning braziliyalik hujumchisi Antoni bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb xabar beradi Mirror.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi vakillari kelishuvni yakunlash uchun allaqachon Amsterdamga yetib borgan. Transfer summasi taxminan 45 million yevroni tashkil qiladi. Ushbu transferni shaxsan "MYU" bosh murabbiyi Erik ten Xag talab qilgan.

22 yoshli Antoni o‘tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlarda 32 o‘yinda maydonga tushib, 12 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:58, 22.06.2022.
O'qildi: 3187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.