Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Haqoratga javobmi yoki...?

Haqoratga javobmi yoki...?

Baho:
+ | -

Norvegiya milliy jamoasi YEML 2-turida Shvesiya termasini 2:1 hisobida yengdi va o‘z guruhida peshqadamlikni qo‘lga oldi...

Bosh qahramon - yana o‘sha Erling Xoland. «Manchester Siti»ning yangi a’zosi avvaliga penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi, keyin «dangasa» o‘ng oyog‘ini ishga solib, Robin Olsenni yana bir bora ojiz qoldirdi - «dubl». Quyidagi maqola o‘yinda kuzatilgan yana bir voqea tafsilotlari haqida.

Ikki gol urish Xoland uchun oddiy voqea darajasida, albatta. Biroq 21 yoshli hujumchining maydonda mojaro ko‘tarishi... Ha, norvegiyalik futbolchi vaziyatlardan birida raqib jamoa markaziy himoyachisi Aleksandr Miloshevich bilan janjallashib ketdi. «Birinchidan, u avvaliga meni haqoratladi: «Fohisha». Qalbga og‘ir botadigan g‘irt bo‘hton. Ikkinchidan, oyog‘imni sindirishini aytib, dag‘dag‘a qildi. Muhimi, shundan atigi 1,5 daqiqa o‘tib, gol urdim. Shunisi ajoyib bo‘ldi», - deya izohladi Erling o‘yindan keyin o‘z xatti-harakatini.

Lekin translyasiya vaqtidagi holat boshqacha taassurot uyg‘otadi. Ya’ni Miloshevichning tabassum bilan Xoland­ga nimadir deganiyu, Erling g‘azablanib, o‘girilib ketgani kadrga tushgan. Boz ustiga, Miloshevich norvegiyalik hujumchini haqoratlamaganini qat’iy ohangda ta’kidladi: «Yo‘q, hech qachon birovga nisbatan fohisha iborasini ishlatmayman. Qolaversa, norveg tilini bilmayman, u esa shvedchani tushunmaydi. Shunday ekan, meni ayblashi juda g‘alati. Hattoki, maydonda ingliz tilidan ham foydalanmayman». Biroq shunisi borki, shved va norveg tillari o‘rtasida o‘xshashliklar juda ko‘p. Qisqasi, hammasi mavhum. 

Bundan tashqari, shvesiyalik himoyachi va jurnalist o‘rtasidagi qisqacha suhbat ham kishini o‘ylantiradi: 

- Maydonda Xolandga nisbatan g‘azab bilan o‘ynading­mi?

- Yo‘q, to‘g‘risi, bunday emas. Faoliyatimda kuchliroq g‘azab ostida o‘tkazgan o‘yinlarim juda ko‘p.

- Xoland senga qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchimi?

- Yo‘q.

- Eng yaxshilaridan birimi?

- Yo‘q.

Miloshevichning o‘yindan keyingi gaplari Xolandni zarracha qiziqtirmagan bo‘lsa kerak. Zero, u kiyinish xonasida juda xushchaqchaq ko‘rindi. Endi hamma norvegiyalik goleadorning APLdagi olovli perfomansini yanada ilhaqlik bilan kutmoqda.

Daniya termasiga qarshi o‘yindan so‘ng Erling Xolandning milliy jamoadagi statistikasi yanada vahimali ko‘rinish oldi: 19ta o‘yinda 18ta gol. To‘g‘ri, u kichik yubiley - 20-o‘yinida Sloveniya termasi darvozasiga yo‘l topolmadi. Shu tariqa Xolandning Norvegiya bosh jamoasida 7ta o‘yinga cho‘zilgan golli seriyasi uzilib qoldi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 22.06.2022.
O'qildi: 1915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик