Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Ipsvich 0-1 Kristal Pelas
04/12 01:15 Lester 3-1 Vest Xem
05/12 00:30 Nyukasl - Liverpul
05/12 00:30 Sautgempton - Chelsi
05/12 00:30 Everton - Vulverhempton
05/12 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/12 01:00 Atletik Bilbao - Real Madrid
05/12 01:15 Aston Villa - Brentford
05/12 01:15 Arsenal - Man. Yunayted
06/12 00:30 Fulhem - Brayton
06/12 01:15 Bornmut - Tottenhem
06/12 22:30 Inter - Parma

Torre aslida qanday futbolchi? U Pedri va Gavidan iqtidorliroq-mi?

Torre aslida qanday futbolchi? U Pedri va Gavidan iqtidorliroq-mi?

Baho:
+ | -1

 Muxlislar sevgan “Barselona” o‘sha past bo‘yli futbolchilarning aqlli uzatmalari, tiki-taka va ajoyib texnik harakatlar jamlanmasi edi. Avvaliga Xavi, keyin Inyesta va so‘ngra Messi jamoani tark etgan. Uslub DNKsida turli “qon”larni ko‘rdik. Umuman bu “Barselona”ga to‘g‘ri kelmadi. Qachonki, Xavi kelgach, Gavi va Pedrida biz o‘sha mashxur jamoaning nisbatan yoshroq variantini ko‘rdik. Klub yaqinda yana bir vunderkind bilan shartnoma imzoladi – Pablo Torre. Ho‘sh, yosh iqtidor egasi klubga nima bera oladi. U “blaugranas”da o‘z o‘rnini topa oladimi? Xavi unga ishonishi qanchalik haqiqatga yaqin? Ushbu savollarga quyidagi taktik taxlil orqali javob olishimiz mumkin.  

Pablo Torre (2003 yilda tug‘ilgan, “Racing”, “Barselona”)

Pablo Torre - 18 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi, Primyera RFEF 1-guruhi vakili "Racing de Santander" jamoasida to‘p surgan. Santanderda tug‘ilgan, u klub akademiyasida tahsil olgan va uning otasi Esteban Torre "Rasing Santander"ning sobiq futbolchisi.

Torre o‘tgan mavsumda atigi 17 yoshida asosiy jamoada debyut qilgan va o‘shandan beri u klub safida barcha turnirlarda 49 o‘yin o‘tkazib, 10 gol urgan va 12 golga assistentlik qilgan. U hozirda Ispaniya U-19 terma jamoasining ajralmas qismi hisoblanadi.

U odatda “Racing Santander”ning 4-2-3-1 taktikasida hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi, xuddi Pedri "Barselona" bilan shartnoma imzolashdan oldin “Las-Palmas”dagi pozisiyasi bilan bir xil. 4-3-3da u yarim himoya triosida yoki u asosiy zarbasini o‘ng oyoqda yo‘llagani tufayli chap qanot hujumida ham o‘ynay oladi.

Bo‘yi atigi 1,73 m bo‘lgan Torre juda kichik jussaga ega futbolchi, ammo uning jismoniy hususiyatlari ancha yaxshi. U juda chaqqon va harakatchan, bu unga tor joylarda juda tez va aniq tezlashish, to‘xtash va burilish imkonini beradi. Uning eng yuqori tezligi juda yaxshi, to‘g‘ri u darajada yuqori ham emas. Ammo “Barselona”dagi futbolchilar bilan solishtirganda ancha yaxshi. U juda harakatchan, oldingi chiziqda pressingda ishlay oladi va hujumda doimiy ravishda to‘g‘ri pozisiyada bo‘lish uchun doimiy yugurib yurishini ko‘rish mumkin..

Aytganimizdek, Torre o‘z jamoasiga doimo yangi variantlar va yechimlarni taklif qiladigan juda dinamik yarim himoyachi. U chiziqlar orasini bog‘lashda juda yaxshi harakat qiladi, lekin raqiblar bo‘sh joy qoldirishi bilanoq tezkor hujum yaratish hislatiga ham ega. U hech qachon harakat qilishni to‘xtatmaydi, shuning uchun uni ma’lum pozisiyada to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi. Uning hujumdagi ish tezligi a’lo darajada, u markaziy himoyachilardan qochib ketish bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. “Rasing”ning deyarli barcha hujumi Torre orqali yaratilar edi.

Texnik jihatdan mohir Torre jamoadoshlari bilan juda yaxshi bog‘lamlarda o‘ynaydi, vaziyat yaratish uchun kichik bo‘shliqlarni osongina topadi va uning ajoyib texnikasi unga bosim ostida faqat bir teginish bilan o‘ynash imkonini beradi. U yarim himoyada o‘ynaganida Messi singari aylanma kross paslarini juda yaxshi ijro eta oladi. Bu hujum tezligi va rang-baranglikni taqdim etadi. Maydon va texnik qobiliyatga umumiy nuqtai nazari bilan uni “ixotalash” juda qiyin bo‘ladi, chunki u ko‘pincha raqiblarini juda oson aldab o‘tadi. Bu qobiliyat esa raqiblarni agar uni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, qo‘pollik qilishga majbur qiladi, O‘rtacha hisobda Torre har 90 daqiqada raqib jarima maydonchasi atrofida 2.03 marta jarima zarbasi ishlab oladi. Jamoada jarimalar maestrosi bo‘lsa, Torre naqadar foydali futbolchi bo‘lishini sezish qiyin emas.

U odatda qisqa paslar va kombinasiyalar bilan harakatlanadi va juda yuqori to‘p uzatish aniqligini 86,89% ko‘rsatmoqda. Tez uzatmalar va “bir-ikkilar” bilan harakatlanib, u 90 ta progressiv uzatmalarda ajralib turmaydi, biroq ilg‘or pozisiyalarga ega bo‘lgach, o‘zining barcha uzatma sifatini ko‘rsatib, zarbali uzatmalar bo‘yicha ligadagi barcha hujumkor yarim himoyachilardan ustun turadi  zarbali uzatmalar: 90 daqiqaga o‘rtacha 2,07.

U to‘pni juda yuqori tezlikda oldinga olib yuradi va tezlashish hamda to‘xtashda juda chaqqon, bu uning 90 daqiqada o‘rtacha 2,26 progressiv yugurishida yaqqol ko‘rinadi. Torre tor maydonlarda to‘pni sifatli boshqaradi va bosimga juda chidamli. Agar uning sifati bosimdan qutulish uchun yetarli bo‘lmasa ham, u qiyinchiliklarga qarshi turish uchun ko‘proq jismoniy kuchini rivojlantira olsa ham, Primyera RFEFda duch kelgan kuchli raqiblarga qarshi juda yaxshi o‘ynaydi.

Torre himoyachilarga keng yo‘ldan yugurganda ham xavf tug‘diradi. U 1 ga 1 himoyachiga qarshi mahoratli va har ikki tarafga dribling qila oladi, chunki u har ikki oyog‘ida o‘zini qulay his qiladi. Uning nisbatan past driblingdagi muvaffaqiyati 50% ni tashkil etadi, chunki u jarima maydonchasi ichida va uning atrofida o‘ta xavfli vaziyatlarda driblingga harakat qiladi, bunda har bir muvaffaqiyatli dribling juda qimmatlidir va gol urish imkoniyatini yaratadi.

Ajoyib kross uzatmalari va juda aqlli paslar bilan imkoniyatlar yaratishi mumkin. Torre raqiblar uning uzatma variantlarini to‘sib qo‘yishga urinayotganini biladi va bu odatda Pabloning foydasiga ishlaydi, ularni fintlar bilan o‘ziga tortadi va keyin to‘pni yaxshi holatda bo‘lgan jamoadoshiga, odatda chap qanot himoyachisiga yoki chap qanot yarim himoyachisiga uzatadi.

Torre uslubining o‘ziga xos xususiyati uning gol urish qobiliyatidir. U joriy mavsumda hozirgacha 6 ta gol urdi, bu 90 daqiqada o‘rtacha 0,2ni gol+pasda esa 0,36ni tashkil etadi. U gol urish uchun ajoyib vaqt va harakatlarga ega, o‘n olti metrlik jarima maydonchasi atrofida ko‘p zarbalar beradi. U raqib himoyachilari o‘rtasida bo‘sh joyni juda oson topadi va boshi bilan gol urish uchun katta yoki kuchli bo‘lishi shart emas, faoliyati davomida uning 2 qavatdan kelayotgan to‘plarni ko‘p bor yutib olganini statistika aytib turipti. O‘rtacha 90 daqiqada 0.9ta zarbani Torre boshi bilan yo‘llagan. O‘zining to‘p uzatish uslubining bir qismi sifatida u to‘pni ko‘proq o‘zida saqlashni va keyin maydonga hujum qilishni yaxshi ko‘radi va shunday o‘yinlar borki, u jamoasidagi himoyachidan to‘pni qabul qilib olib, uning oldinga chiqib olganigacha o‘zida to‘pni ushlab turadi va keyin qayta uzatadi.

Torre uchun yana bir zarba manbasi - uning qanotdagi tez driblinglari. Unga raqibdan o‘zib ketishi uchun ko‘p vaqt kerak emas. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berishi hozircha unchalik barqaror emas. Bu borada Torre hali ishlashi kerak. “Rasing” safida u juda ko‘p bor shunday zarbalar beradi. Ammo “Barselona”da bunga imkon berishi qiyin. Kam vaziyatdan unumli foydalanishni bilish kerak.

Nihoyat, Torrening yana bir ajralib turadigan sifati: u joriy mavsumda bir nechta chiroyli jarima zarbalarini amalga oshirdi va kutilmagan kuchli va aniq zarbalar va uzatmalari bilan ancha xavf tug‘dira oldi. U shuningdek, burchak zarbalaridan to‘pni o‘yinga kiritishni ham yoqtiradi.

Yuqoridagi rasmda Torrening joriy mavsumdagi zarbalari ko‘rsatilgan va biz hozirgina tasvirlagan narsalarni ko‘rishingiz mumkin. U jarima maydonchasi atrofidagi yaxshi zarbalari evaziga juda yaxshi pozisiyalardan to‘rtta gol urdi, jarima maydonchasi chetidan ko‘p zarba yo‘lladi va to‘p tepish qobiliyati tufayli qiyin kengliklardan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 Statistik jihatdan Torrega maydon markazida eng ko‘p o‘xshash o‘yin uslubiga ega "Barselona" yoki "Real Madrid" futbolchilari Frenki De Yong (91%), Luka Modrich (91%), Pedri (91%) va Toni Kroos (90%). Quyida biz uning gollandiyalik "Barselona" yarim himoyachisi bilan taqqoslashimiz mumkin, unda biz ular qanchalik o‘xshashligini, shuningdek, Torrening ko‘proq zarba berishini, paslarda deyarli bir xil ekanligini va havoda De Yongga qaraganda yomonroqligini ko‘rishimiz mumkin.

"Barselona" Torreni 5 million yevroga sotib olganini e’lon qildi. U atigi 18 yoshda bo‘lgan Primyera RFEF, xuddi shu ligada o‘ynaydigan "Barselona B" kabi ancha yuqori darajadagi dominant o‘yinchi ekanligini isbotladi. U Ispaniya U-19 terma jamoasida ham o‘ynagan va 6 o‘yinda 3 ta gol urgan.

Oddiy qadam, u keyingi mavsumda asosiy jamoada imkoniyat paydo bo‘lgunga qadar "Barselona B"da o‘ynashni boshlashi mumkin. Biroq, Pedrining yoshligida ancha yuqori darajaga tezda moslashishi bilan men Torrening keyingi mavsumda darhol asosiy jamoada daqiqalar olishini istisno qilmayman.

Ispaniyada Torredan iqtidor bo‘yicha kam bo‘lmagan, ammo hali katta klub bilan shartnoma imzolamagan yana bir yigitcha bor. Katta ehtimol u “Real”ni tanlasa kerak. Uning uslubi “Galaktikos”ga mos tushadi. Gap Alvaro Leyva haqida ketmoqda. Uning taktik harakatlari va nima uchun Realbop futbolchi ekanligiga alohida to‘xtalamiz.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:43, 23.06.2022.
O'qildi: 3708 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.