Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Olimpik» futbol klubining umumiy boshqaruvi MOQ raisi o‘rinbosari Saken Polatovga topshirilmoqda

«Olimpik» futbol klubining umumiy boshqaruvi MOQ raisi o‘rinbosari Saken Polatovga topshirilmoqda

Baho:
+ | -

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish maqsadida tashkil etilgan «Olimpik» futbol klubi joriy mavsum Superligada o‘zining yorqin o‘yinlari bilan minglab muxlislar qalbini zabt etib kelmoqda. Jamoa faoliyatini yanada kuchaytirish, oldinga qo‘yilgan vazifalarni puxta amalga oshirish yo‘lida klubga yangi rahbar tayinlandi.

Unga ko‘ra, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov «Olimpik» klubi prezidenti sifatida jamoaning umumiy boshqaruvini yuritadi. Saken Jetibayevich o‘zining «Lokomotiv» klubidagi faoliyati bilan futbol sohasida boy katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

U «temiryo‘lchilar» bilan 3 bor mamlakat chempionligini (2016, 2017, 2018) qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yana 3 marta O‘zbekiston kubogi (2014, 2017,2018) bahslarida g‘alaba qozongan. Jamoa uning boshqaruvida 2016 yil Osiyo chempionlar ligasida chorak finalgacha yetib borgan.

Shu tariqa Saken Polatovga yana bir muhim missiya – Olimpiyachilarimiz bilan Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi yuklatilmoqda. 1-19 iyun kunlari mamlakatimizda o‘tkazilgan U23 Osiyo kubogida yoshlarimizning finalgacha yetib borgani bu yo‘lda olib borilayotgan ishlar qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat bermoqda. Ishonamizki, Saken Jetibayevich boshqaruvida «Olimpik» yanada kuchayib, o‘zbek futboli muxlislarini xursand qilishda davom etadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Saken Polatovga yangi va mas’uliyatli lavozimda oldinga qo‘yilgan vazifani uddalashda kuch-g‘ayrat va omad tilaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:33, 23.06.2022.
O'qildi: 1538 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.