Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Inter», men seni sog‘indim» yoxud Lukaku A seriyani yana zabt etgani qaytmoqda

«Inter», men seni sog‘indim» yoxud Lukaku A seriyani yana zabt etgani qaytmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» transferidagi muvaffaqiyatsizlik 

Romelu Lukakuning «Chelsi»dagi ikkinchi qaytishiham kutilmagan, ham kutilgan bo‘ldi. Birinchidan, hujumchi «Inter»ga qaytishni shunchalik xohlardiki, «come back» muqarrar ekanini tushunib, ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Ikkinchidan, katta summa evaziga London klubiga o‘tganidan so‘ng, yana Milanga qaytib kelishi kutilmagan bo‘ldi.

«Goal.com» jurnalisti Nizar Kinsella (asosan «Chelsi» haqida yozadi) kelishuv kelasi hafta rasman e’lon qilinishi haqida xabar qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, klublar hamma narsada kelishib olgan. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, milanliklar mavsumiy ijara uchun 8 million yevro va qo‘shimcha bonuslar to‘laydi. Bitimga sotib olish majburiyatini qiritilmagan.

«Sky Sports» nashrining yozishicha, bu transfer uchun Lukaku maoshni 30 foizga - 10 million funtdan 7 million funtgacha kamaytirishga rozi bo‘lgan. Garchi avvalroq klub prezidenti Stiven Chjan futbolchining maoshini hammasini to‘lashdan bosh torgan bo‘lsa-da, «Inter» Romeluning butun ish haqini o‘z zimmasiga olgan.

«Chelsi»ning yangi xo‘jayini Todd Boeli muzokaralarda faol ishtirok etdi. U klub sport direktori Marina Granovskayaning ketishi e’lon qilinganidan keyin Lukaku transferida o‘zi qatnashishga majbur bo‘ldi.

Lukaku «Inter»ga qaytishni istagan va Tuxelni tanqid qilgan

Lukaku - o‘tgan yozning eng yirik transferlaridan biri. «Chelsi» uning uchun 115 million yevro to‘lagan, bu «Man Siti» Jek Grilish uchun to‘lagan (117,5 million yevro) puldan biroz kamroq. Bu esa tarixdagi eng yirik transferlar ro‘yxatining 7 taligiga kirgan. Bundan tashqari, Romelu faoliyatidagi barcha transferlar summasi bo‘yicha tarixdagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Bu vaqtga kelib turli xil klublar belgiyalik forvardni sotib olish uchun 327 million yevro sarflagan.

Belgiyalik «Inter» chempionligining asosiy yulduzi edi (barcha musobaqalarda 44 o‘yinda 30 + 10). U o‘tgan yili Milandan ketishni xohlamadi, lekin unga taklif qilingan miqdor juda katta bo‘lib chiqdi. Qolaversa, Italiya klubi moliyaviy muammolarga duch kela boshladilar, shu sababli Antonio Konte va yana bir qancha yulduzlarni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi.

18 yoshli Lukaku birinchi marta 2011 yilda London klubida o‘ynagan. Ammo u 15 uchrashuvda bitta ham gol ura olmagan. Biroq, uning «Stemford Brij»ga ikkinchi tashrifidagi debyut goli uchun 15 daqiqa kerak bo‘ldi. U «Arsenal»ga qarshi o‘yinda «aristokratlar» safidagi ilk golini urdi. 3-turga kelib, belgiyalik futbolchi «Aston Villa» darvozasiga dubl qayd etdi.

Ammo keyin muammolar boshlandi. Lukaku dekabrgacha hech qanday harakatlari bilan ajralib turmadi, keyin esa kutilmaganda «bomba» intervyusi bilan o‘zini eslatib qo‘ydi. Yil oxirida hujumchi «Sky Sport Italia» nashri bilan bo‘lgan suhbatda Tuxel qo‘llayotgan o‘yin taktikasi unga mos kelmasligini aytdi. Xuddi shu o‘rinda belgiyalik futbolchi «Inter»ga muhabbatini tan oldi va qachondir Milanga qaytishini aytdi (!). Intervyudan so‘ng Tuxel hujumchini «Liverpul»ga qarshio‘yin qaydnomasidanchiqarib tashladi. Keyinroq Romelu uzr so‘radi va jamoaga qaytdi, ammo u klubga begonadek bo‘lib qoldi.

Londonliklar ko‘pincha hujumchilarsiz yaxshiroq o‘ynashdi. Belgiyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasidagi 44 ta o‘yinda 15 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, APLda 8 ta gol urishni uddaladi.

Mart oyida Lukaku «Inter»ga qaytishi mumkinligi va buning uchun maoshini qisqartirishga ham tayyorligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Aftidan, Lukaku Milan klubiga o‘tishni shunchalik hohlaganki, keyinchalik uning «Inter»ga qaytayotgani haqida insaydlar ham paydo bo‘ldi.

Yoz keldi va Lukaku A seriyaga qaytishga yaqin turibdi. Londonliklar u uchun haftasiga 325 000 funt sterling miqdoridagi katta maosh berishdan qutulmoqchi, biroq o‘tgan yilgi Lukaku transferi uchun (yiliga 20 million funt) «Inter»ga pul to‘lashda davom etadi. Shu bilan birga, «Chelsi»ning yangi xo‘jayinlari yangi forvardbilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan Tuxelni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. «The Telegraph» nashri xabariga ko‘ra, klub quyidagi futbolchilarni sotib olmoqchi: Raxim Sterling («Man Siti») va Kristofer Nkunku («RB Leypsig»). Usmon Dembele («Barsa»).

Bu vaqtda esa «La Gazzetta dello Sport» nashrimuqovasi quyidagi so‘zlar paydo bo‘ldi: «Inter», men seni sog‘indim»

Kiritildi: 23:29, 23.06.2022.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.