Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" hujumchisiga "Fenerbexche" qiziqish bildirmoqda

"Real" hujumchisiga "Fenerbexche" qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Mariano Dias faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

AS xabariga ko‘ra, "Fenerbaxche" dominikanlik forvard xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Madrid klubi 28 yoshli futbolchining ketishiga xalaqit bermasligi ta’kidlangan.

Dias o‘tgan mavsumda La Liganing 9 o‘yinida 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 6 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq, "Fenerbaxche" rossiyalik hujumchi Artem Dzyubaga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 07:16, 25.06.2022.
O'qildi: 2320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.