Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Chelsi" Ziyeshni "Milan"ga sotishga tayyor, lekin bitta muammo bor

"Chelsi" Ziyeshni "Milan"ga sotishga tayyor, lekin bitta muammo bor

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Ziyeshning "Milan"ga o‘tishiga bitta muammo to‘sqinlik qilishi mumkin. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, London klubi marokashlik futbolchini Italiya chempioniga qo‘yib yuborishga tayyor, biroq futbolchining maoshi yuqori bo‘lgani uchun ushbu kelishuv amalga oshmay qolishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Ziyesh "Milan"ga o‘tish uchun maoshini sezilarli darajada qisqartirishi kerak bo‘ladi. Futbolchining o‘zi hali bunday qurbonlikka tayyorligiga ishonchi komil emas.

"Milan" o‘tgan yozda Ziyeshni sotib olishga urinib ko‘rdi, ammo kelishuv amalga oshmadi. "Rossonerlar" lagerida marokashlik futbolchi "Chelsi"da yo‘llarini kesishgan Olive Jiru va Fikayo Tomori bilan yana uchrashishi mumkin.

Kiritildi: 13:06, 25.06.2022.
O'qildi: 2012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик