Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yindan avval biroz asabiylashishga to‘g‘ri keldi»

Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yindan avval biroz asabiylashishga to‘g‘ri keldi»

Baho:
+ | -

"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev OFK kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida Qirg‘izistonning "Neftchi" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yindan avval murabbiylar shtabi va futbolchilarda biroz asabiylik holati mavjud edi. Boz ustiga, birinchi bo‘lim oxiriga qadar vaziyatlardan foydalana olmadik. Ammo burchak zarbasi paytida gol urib olganimizdan so‘ng barchasi joyiga tushib ketdi. Ikkinchi bo‘lim boshida o‘yinchi almashtirganimiz ham foydali bo‘ldi va ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldik.

Ikkinchi taymda futbolchilar oldiga ikkita stragegik vazifa qo‘yilgandi. Raqib pressing ishlatishini bilgan holda to‘pni nazorat qilish kerakligini o‘yinchilarga tayinladim. Qarshi hujumda imkoniyatga ega bo‘lish uchun esa chuqur himoyalanishga to‘g‘ri keldi. Musobaqadagi ilk g‘alaba bilan o‘yinchilar va xodimlarni tabriklayman", — dedi Baqoyev.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Luka Chermel ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Juda ham xursandman. Ammo o‘zimni bahsning eng yaxshi futbolchisi deb atay olmayman. Biz bir jamoa va bir oilamiz. Jamoadagi har bir o‘yinchi — uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi.

Dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Men "Neftchi" futbolchilariga taqdim etilgan qiyin va halol o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Keyin uchrashuvni intizorlik bilan kutamiz va unga yaxshiroq tayyorlanamiz", — dedi Chermel.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:52, 25.06.2022.
O'qildi: 2476 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик