Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Duglas Kosta, Matyuidi, Chicharito va unutilgan Pato. Beyl MLSda raqobatga tayyormi?

Duglas Kosta, Matyuidi, Chicharito va unutilgan Pato. Beyl MLSda raqobatga tayyormi?

Baho:
+ | -

UEFA Chempionlar ligasining 5 karra g‘olibi Garet Beyl “Los-Anjeles” klubi a’zosiga aylandi. Uelslik futbolchi ushbu jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

MLS (Major League Soccer) ajoyib tarzda rivojlanmoqda – Lorenso Insinye (“Toronto”) va Jorjio Kyellini (“Los-Anjeles”) ham ushbu ligaga yo‘l olmoqda.

Ushbu charm to‘p ustalaridan tashqari ligada ko‘plab mashhur futbolchilar bor.

Duglas Kosta – “Los-Anjeles Gelaksi”

Adashib qolmang: “Los-Anjeles Gelaksi” va “Los-Anjeles” turli jamoalar. Beyl Kostaga qarshi o‘ynaydi.

“Bavariya”da o‘tgan 2020/21 yilgi mavsumdan so‘ng, braziliyalik vinger o‘z vataniga – “Gremio”ga qaytdi. Kosta u yerda uzoq vaqt qolmadi va 2022 yilning fevralida “LA Gelaksi”ga o‘tdi. Biroq, Kosta hali ham “Yuventus”ga tegishli.

Xavyer Ernandes – “Los-Anjeles Gelaksi”

“Sevilya” meksikalik hujumchining Yevropadagi so‘nggi klubi hisoblanadi. Chicharito aynan o‘sha yerdan “Gelaksi”ga ko‘chib o‘tdi va hatto sardorlik bog‘ichini ham olishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda har ikki o‘yinda bitta gol urayotgan Chicharito yaxshi statistika qayd etmoqda – 51 o‘yinda 26 gol.

Aleshandre Pato – “Orlando Siti”

Bir paytlar braziliya futbolining kelajagi sifatida qaralgan hujumchi 2021 yilda “Orlando Siti” jamoasiga qo‘shildi – ammo uning muvaffaqqiyatsizliklari hozirgacha davom etmoqda. 21 o‘yinda ikkita gol va uchta golli uzatma. Bu muxlislar Patodan kutadigan statistika emasligi aniq.

Jerdan Shaqiri – “Chikago Fayr”

Shveysariyalik vinger “Liverpul”ni tark etgach, “Lion”da o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadi – Fransiya klubi uni olti oydan so‘ng sotib yubordi. Endi Shaqiri MLSni zabt etishga harakat qilmoqda – “Chikago Fayr” tarkibida u allaqachon 11 o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Eng muhimi, JCH-2022 oldidan unda barqaror o‘yin amaliyoti bor.

Viktor Vanyama – “Monreal”

“Sautgempton” va “Tottenxem”dagi o‘yinlari orqali yaxshi tanish bo‘lgan keniyalik himoyachi 2020 yilda MLSga jo‘nab ketdi. “Monreal”da Vanyama “temir tayanch” o‘yinchisi, u kamdan-kam hollarda zaxiraga olinadi. Viktor klub safida 70 ta o‘yinda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiran Gibbs – “Inter Mayami”

Londonning “Arsenal” klubida 10 yil to‘p tepgan ingliz himoyachisi hozirda “Inter Mayami”da o‘ynaydi. Kiran joriy klubida doimiy o‘yin amaliyotiga ega emas va nari borsa, u maydonda 80 daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tkazmaydi.

Blez Matyuidi – “Inter Mayami”

Matyuidi 2018 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi, u 2020 yilda “Yuventus”dan “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsum Devid Bekxem jamoasida Matyuidi muntazam o‘yin amaliyotiga ega edi va ayrim bellashuvlarda hatto sardorlik bog‘ichi ham unga ishonib topshirilardi. Biroq 2022 yilgi mavsum uchun "Inter Mayami" ro‘yxatidan tashqarida qoldi. O‘tgan davr mobaynida Blez 48 o‘yinda raqiblar darvozasiga 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Gonsalo Iguain – “Inter Mayami”

“Real”, “Napoli” va “Yuventus” klublarining sobiq hujumchisi 2020 yil sentyabrida MLSga yo‘l olgan edi. O‘shandan beri uzun soqolli Gonsalo “Inter Mayami” safida 51 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Jozef Martines – “Atlanta Yunayted”

Venesuela terma jamoasi forvardining Yevropadagi karyerasi kutilganidek bo‘lmadi – “Torino”dagi uch yillik faoliyatidan so‘ng Martines MLSni zabt etishga yo‘l oldi. Bu ajoyib bo‘ldi – “Atlanta” uchun 139 ta o‘yinda Jozef 105 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi (!).

Karlos Vela – “Los-Anjeles”

Vela Beyl bilan bir jamoada o‘ynaydi.

“Arsenal”ning sobiq hujumchisi to‘rt yil oldin MLSga ko‘chib o‘tgan edi. “Los-Anjeles”da Vela darhol yetakchilikni qo‘lga oldi – 116 uchrashuvda u 73 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etish mumkin, MLS professional futbol ligasi bo‘lib, AQSH va Kanadadagi futbol ligalari tizimining yuqori divizioni hisoblanadi. MLS AQSH futbol federasiyasi tomonidan ruxsat etilgan va 28 ta jamoaga ega – 25 tasi AQSH va 3 tasi Kanada klublari. MLSning navbatdagi mavsumi mart oyidan oktyabrgacha davom etadi va shu vaqt ichida har bir jamoa 34 ta o‘yin o‘tkazadi. Noyabr-dekabr oylarida o‘n ikki jamoa pley-off turnirida ishtirok etadi, unda liga chempioni aniqlanadi va MLS kubogi uchun final o‘yini bilan yakunlanadi.

Turnir jamoalari, shuningdek, boshqa divizionlar va mamlakatlar jamoalari bilan turnirlarda – AQSH ochiq kubogi, Kanada chempionati va KONKAKAF Chempionlar ligasida raqobatlashadi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 10:48, 26.06.2022.
O'qildi: 4632 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.