Benzemaga o‘rinbosar kerak
“Real Madrid” ikkinchi darvozabon Lunin borasida turli jamoalar bilan muzokara olib bormoqda. Biroq, jamoa Kurtuaga raqobatchi izlashi kerak. Benzemaning o‘rnini bosa oluvchi birorta futbolchi yo‘q, Karim esa mavsumni yuqori darajada o‘tkazdi. Yangi mavsumda klubni “Barselona”ga qarshi raqobatda qiziqarli sarguzashtlar kutmoqda. Agar kataloniyaliklar Levandovski va bir qator himoyachilar bilan shartnoma imzolasa, yangi mavsumda yanada kuchliroq bo‘lishi aniq. Karim Qatardagi Jahon chempionati oldidan o‘zini asrashi kerak. Shu bois “Real Madrid” zaxira o‘rindig‘iga yosh hujumchi qidirmoqda.
Borxa Mayoralga ishonib qolmaslik kerak, 28 yoshli Mariano Dias esa zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishdan charchab, agentiga yangi klub izlashni aytgan. Braziliyalik skaut Juni Kalafat esa yosh hujumchi Mateus Nacimentoni Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu mutaxassis “Real”ning hozirgi kundagi bir nechta asosiy futbolchilarini qidirib topgan. Ammo jingalak sochli braziliyalik iqtidorning uslubi Benzemaga o‘xshamaydi. Ularni taqqoslash g‘alati, chunki 18 yoshli hujumchi Nunu Gomeshga ko‘proq o‘xshaydi. “Botafogo” rasmiylari transfer uchun 50 million yevro so‘ramoqda.
2024 yilga kelib Xolandning shartnomasidagi variant faollashadi. Peres norvegiyalikni 150 million yevro evaziga sotib olmoqchi.
Karvaxal sug‘urtaga muhtoj
Dani Karvaxalda yurak muammosi yoki an’anaviy jarohatlar bo‘lmasa, klubda unga yetadigan himoyachi yo‘q. Binobarin, o‘ng qanotda hujumchi Vaskesning sa’y-harakatlari ham, Valyexo kabi zaxira varianti ham yetarli. Ammo Lukas o‘rinbosar bo‘lishdan charchagan va uning yangi klub izlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Valyexo esa o‘zi uchun ijara variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu holatda o‘ng qanotda Nacho to‘p tepishi ehtimoli bor. Ammo direktorlar kengashi kelajak uchun ishlashi kerak.
Ferlan Mendi Marselodek o‘rinbosardan “qutuldi”. Endilikda, ichki zaxiralar yetarli yoki yo‘qligini aniqlash vaqti keldi. Eng yomoni, Ryudiger markaz va o‘ng tomonda o‘ynay oladi xolos, u to‘p bilan muomala qilishni biladi, markazda unga Eder Militao tandem bo‘ladi. Shu sabab David Alabadan chap qanotda foydalanish mumkin. Agar o‘ng qanot himoyasi uchun variant topilmasa, Anchelottida Rodrigodan lateral sifatida foydalanish ehtimoli mavjud. Ammo bu mantiq biroz xavfli.
Markazda afsonalar va yoshlar tanlovi
Anchelottining yana bir asosiy vazifasi – Tchuameni, Valverde va Kamavinga ishtirokida uyg‘un trio hosil qilish. Kazemiro, Modrich va Kroosning qo‘llab-quvvatlashi bilan “Real Madrid”ning yoshlardan iborat buyuk yarim himoyachilari yetishib chiqishi mumkin. Lekin bir-ikki yil ichida Modrich va Kroos jamoani tark etadi va ulardan ko‘p narsa o‘rganib qolish kerak.
Dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri – Kazemiro esa o‘zining eng yuqori sport formasini tiklab olmasa, zaxira futbolchisiga aylanib qolishi ehtimoli katta. Anchelotti himoya chizig‘ining Karvaxal, Militao, Ryudiger va Alabadan iborat yangilangan ko‘rinishini yaratishi mumkin, ammo bu himoya ishonchli emas.
Anchelotti uchun Azardan voz kechish vaqti keldi
Beyl “Los-Anjeles” bilan shartnoma tuzdi va endi dam olish kunlarini AQSH maydonlarida golf o‘ynash bilan o‘tkazishi mumkin. Iskoning shartnomasi ham bir necha kundan keyin tugaydi va Ryudiger ispaniyalik hujumkor yarim himoyachiga tegishli bo‘lgan 22-raqamni o‘zi uchun tanladi. Iskoga “Roma” va “Betis” ko‘z tikmoqda. Asensioda ham xuddi shunday muammo bor. Bir nechta top-klublar Markoning xizmatlariga qiziqish bildirgan.
Hujumda Yovich Benzemaning o‘rnida harakat qilishi yoki 4-4-2 sxemasida uning vaqtinchalik qahramoniga aylanishi mumkin. Ammo jamoa Lukani ijaraga berib yuborishni rejalashtirmoqda. Ya’ni Don Karlo unga ishonmaydi. Mbappe bo‘yicha kelishuvga aqlbovar qilmas miqdorda pul sarflanmagani uchun “Real Madrid” boshqa pozisiyalarni mustahkamlash uchun tejalgan mablag‘ evaziga yana bir nechta futbolchi xarid qilishi mumkin. “Qirollik klubi”ning aksariyat muxlislari yangi mavsumda Rodrigo va Vinisiusning ajoyib o‘yin ko‘rsatishidan umidvor. Azarning oldida esa ikkita yo‘l bor: yangi mavsumda o‘zidan kutilgan o‘yinni ko‘rsatish yoki jamoani tark etish.
So‘nggi o‘yinlarda Modrich pressinglarda u qadar faollik ko‘rsatmayapti, shuning uchun markazda o‘zilishlar paydo bo‘ldi. Kazemiro ikki futbolchining vazifasini bajara olmaydi. Aksiga olib, mavsum avvalida barcha futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishini hech kim kafolatlamagan. Shu sabab, transferlar kerak, ayniqsa, La Liga maosh sarflash cheklovini oshirganidan so‘ng. “Real” Chempionlar ligasida 160 million yevro ishlab olgan. Katta ehtimol bilan Tchuameni va Ryudiger joriy transfer oynasida Anchelotti sotib olishni rejalashtirgan so‘nggi futbolchilar bo‘lib qolmaydi.