Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ana, xolos! «Raqqos darvozabon»

Ana, xolos! «Raqqos darvozabon»

Baho:
+ | -

JCH-2022ning so‘nggi ishtirokchilaridan biriga aylangan Avstraliya termasi qit’alararo «pley-off»da Peru jamoasi to‘sig‘idan o‘tishni uddaladi.

Asosiy voqea 120 daqiqalik o‘yindan so‘ng sodir bo‘ldi - bu yerda nafaqat penaltilar seriyasi, balki «kengurular»ning unga tayyorgarligi alohida e’tiborga molik.

Avstraliya termasi bosh murabbiyi Grem Arnold jamoa sardori va asosiy kiper Mettyu Rayan o‘rniga «Sidney» posboni Endryu Redmeyn­ni tushirdi - u esa penaltilar seriyasi davomida o‘zining o‘zgacha «raqs»lari bilan raqiblarni chalg‘itishga urindi. Bir vaziyatda to‘singa sakrasa, keyingisida o‘tirib oldi. To‘g‘ri, dastlabki beshta zarbada uning harakatlari unchalik samara keltirmadi - faqat Advinkula ustunni nishonga oldi. Hal qiluvchi oltinchi zarbani esa Redmeyn qaytarib, qahramonga aylandi. 

Endryu 33 yoshda, avvallari hech qachon Avstraliya tashqarisida to‘p surmagan, bu uning termadagi ikkinchi o‘yinidir. Uni penaltilarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis deyish ham to‘g‘ri bo‘lmasa kerak - 16ta holatda 4ta zarbani qaytargan.

Ma’lumot uchun, Avstraliya termasi qatorasiga beshinchi marta JCH yo‘llanmasiga ega chiqdi - «yashil qit’a» vakillari 2006 yildan buyon mundialni o‘tkazib yuborishmayapti. Lekin faqat JCH-2006da guruhdan chiqib, 1|8 finalda g‘alati penalti tufayli italiyaliklarga yutqazishgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 26.06.2022.
O'qildi: 2480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.