Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ispaniya va Germaniya jangi, Gananing qasosi. JCH-2022 guruh bosqichidagi eng qiziqarli bellashuvlar

Ispaniya va Germaniya jangi, Gananing qasosi. JCH-2022 guruh bosqichidagi eng qiziqarli bellashuvlar

Baho:
+ | -

JCH-2022 guruh bosqichida muxlislar ko‘rishni istaydigan super qarama-qarshiliklar ko‘p bo‘lmasa-da, yorqin o‘tishga va’da beruvchi bir nechta bellashuv mavjud.

Qatarda o‘tishi kerak bo‘lgan noyob turnir noyabr oyigacha boshlanmaydi. Endi muxlislar o‘zlari uchun guruh bosqichining eng kutilgan uchrashuvlarini tanlab olishlari mumkin, Bu yilgi musobaqada kuniga to‘rtta o‘yin o‘tkaziladi va guruh bosqichi 21 noyabrda boshlanib, 12 kun davom etadi. Keling, ushbu bosqichning eng qiziqarli qarama-qarshiliklarini tanlab olamiz.

Senegal – Niderlandiya (“A” guruhi, 21 noyabr)

Jahon chempionatining ilk o‘yini butun turnir uchun ilk taassurotlarni belgilab berishi mumkin, shuning uchun unga alohida e’tibor qaratiladi. Hozirda Senegal terma jamoasi yuksalib bormoqda, “Liverpul”da yulduzga aylangan senegalliklar yetakchisi Sadio Manening Gollandiya himoyasi yetakchisi va sobiq jamoadoshi Virjil van Deyk bilan uchrashuviga o‘zgacha qiziqish bildirilmoqda.

Qolaversa, Senegal haqida gap ketganda 2002-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati yodga tushadi. O‘shanda bu jamoa sensasiya qayd etib, amaldagi chempion – Fransiyani mag‘lub etgan edi. Bunday natija endi u qadar shov-shuvli bo‘lmaydi, chunki Afrika kubogi g‘olibi maqomidagi Senegal (20) FIFA reytingida Gollandiyadan (10) atigi o‘n pog‘ona ortda qolmoqda.

Braziliya – Serbiya (“G” guruhi, 25 noyabr)

Braziliya termasi har doim barcha turnirlarda favorit hisoblanadi. Braziliyaliklarning Jahon chempionatlaridagi o‘yinlari doimo diqqatni kuchaytirishga qaratilgan, chunki yevropalik va osiyolik tomoshabinlar Jahon chempionatidan tashqarida Braziliya terma jamoasining o‘yinlarini tez-tez tomosha qilmaydi. Shunday qilib, ko‘pchilik muxlislar uchun Braziliya har to‘rt yilda bir marta shartsiz favorit sifatida paydo bo‘ladi. Ammo braziliyaliklar bu maqomni uzoq vaqtdan buyon oqlay olishmayapti.

Serbiya esa Braziliya uchun qiyin va qiziqarli raqibga aylanishi mumkin. Serblar JCH-2022 ga saralash bosqichida o‘zi ishtirok etgan guruhda g‘alaba qozonish orqali yo‘l oldi, serblar “Evropa Braziliyasi” deb ataluvchi Portugaliya terma jamoasini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi. Serbiya terma jamoasi Jahon chempionatining kashfiyotlaridan biriga aylanishi mumkin. Demak, saralashda hech qachon mag‘lub bo‘lmagan Braziliya uchun qiyin kunlar boshlanadi va buni ko‘rish nihoyatda qiziqarli bo‘ladi.

Ispaniya – Germaniya (“E” guruhi, 27 noyabr)

Musobaqaga qur’a tashlangach, futbol jamoatchiligi ushbu bahsni muhokama qilishni boshlab yubordi. Titanlarning eng kuchli to‘qnashuviga tayyormisiz?. Bu o‘yin, butun guruh bosqichidagi eng shov-shuvli va eng yorqin o‘yin bo‘ladi. 2010 yilgi Jahon chempioni – Ispaniya, navbatdagi tojni qo‘lga kiritgan – Germaniya bilan to‘qnash keladi.

Germaniya 2020-yilda Millatlar ligasida Ispaniyadan uchralgan 0:6 hisobidagi mag‘lubiyat uchun qasos olishga harakat qiladi. O‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng, nemislar o‘zlarini tiklab oldi, ammo baribir Ispaniya turnir favoriti maqomida. Ispaniya favoritlar reytingida Angliya, Fransiya va Braziliyadan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkala jamoa ham avlodlar almashinuvining turli bosqichlarida, yangi o‘yinchilar va kombinasiyalar ham xuddi avvalgi yillardagi kabi kuchli. Qo‘shimchasiga uchrashuv 2-tur doirasida bo‘lib o‘tadi va katta ehtimol bilan g‘olib pley-off yo‘llanmasini naqd qiladi. Har ikki jamoa maydonda borini beradi.

Portugaliya – Urugvay (“H” guruhi, 28 noyabr)

Ajoyib tarixga ega jamoalar, yorqin yulduzlarga ega va Jahon chempionatining asosiy faxriylari – Ronaldu va Kavani uchrashuvi.

Bu Ronaldu, Suares va Kavanining jahon chempionatidagi so‘nggi ishtiroki bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ularning qarama-qarshiligi qiziqarli o‘tishi ehtimoli yuqori. Qayd etish joizki, Gana va Janubiy Koreya terma jamoalari ham ushbu guruhdan joy olishgan – to‘rtlik juda murakkab va qolgan ikki jamoa kutilmaganda muammo yaratishini hisobga olgan holda, ushbu o‘yin guruh bosqichi masalasini hal qilishi mumkin. Bellashuvda pley-off chiptasi kafolatlangan.

Uels – Angliya (“B” guruhi, 30 noyabr)

Uels terma jamoasi 1958 yildan beri ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldi va guruh bosqichida Beyl yetakchiligidagi jamoani qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda. Albatta, Angliya bilan o‘yin asosiysi hisoblanadi. Britaniyaliklar raqobati doimo shiddatli bo‘lib kelgan, biroq bunday darajada birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Bu derbining o‘ziga xos turi bo‘lib, unda Angliya jamoasining favoriti maqomi yordam berishi dargumon. Uels xarakterni “yoqib”, o‘limgacha kurashishi mumkin. Bu jamoalarning Yevro-2016 dagi so‘nggi uchrashuvi yorqin va esda qolarli bo‘lgan. O‘shanda ikkala jamoa ham guruhdan chiqqan, ammo Uels uzoqroqqa – yarim finalga qadar yetib borgan edi.

Eron – AQSH (“B” guruhi, 30 noyabr)

Bu jamoalarning Jahon chempionatidagi so‘nggi uchrashuvi yorqin siyosiy bo‘yoqlarga ega bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu 1998 yilgi Jahon chempionatida sodir bo‘lgan – uchrashuv Eronning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Ammo o‘yin atrofida asosan futbol emas, balki siyosat va mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik bilan bog‘liq bo‘lgan xavotirlar muhokama qilingan. Ushbu bahs Eron va AQSH termalari uchun o‘zaro 3-o‘yin. Qizig‘i shundaki, AQSH terma jamoasi Eron Jahon chempionatida mag‘lub bo‘lgan ikki jamoadan biri hisoblanadi.

Polsha – Argentina (“C” guruhi, 1 dekabr)

Balki ishonmassiz, lekin ushbu o‘yin so‘nggi yillarning ikki eng yorqin to‘purari – Messi va Levandovski o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida qiziqarli tus oladi. Ular shu kungacha umumiy hisobda 1189 ta gol urgan. Klublar miqyosida ularning sport formasi o‘zgarib turadi. Agar ikki jamoa 3-turga qadar nimchorak final yo‘llanmasini hal qilmagan bo‘lsa, to‘qnashuv Jahon chempionatining guruh bosqichidagi eng jozibalilaridan biri bo‘ladi. Leo va Leva oxirgi marta Chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumining chorak finalida to‘qnash kelgan, o‘shanda “Bavariya” “Barselona”ni 8:2 hisobida mag‘lub etgandi. Ammo bu safar Messi jamoasi favorit bo‘ladi.

Xorvatiya – Belgiya (“F” guruhi, 1 dekabr)

JCH-2018 finalchisi FIFA reytingiga ko‘ra dunyoning ikkinchi jamoasi bilan uchrashadi. 2022 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qur’asi Ispaniyaning Germaniyaga qarshi o‘yiniga o‘xshash bir nechta ajoyib to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi, degan fikrdan yiroqmiz. Balki, xorvatlar va belgiyaliklar to‘qnash kelguniga qadar har ikki jamoa ham pley-offga chiqish masalasini hal qilishar. Bu esa qarama-qarshilikdagi kurash darajasiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Ammo ulardan biri turnir nuqtayi nazaridan g‘alabaga muhtoj bo‘lsa, bu holat yorqin jangga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, Xorvatiya va Belgiya haqida ham bu jamoalarning eng gullagan davri o‘tib ketgani ko‘p ta’kidlanmoqda.

Gana – Urugvay (“H” guruhi, 2 dekabr)

Intriga va qiziqish jamoalarning maqomi bilan emas, balki 12 yil oldin sodir bo‘lgan voqealar bilan bog‘liq. 2010 yil Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining chorak finalida Luis Suaresning mashhur “seyvi” Ganani yarim final yo‘lida to‘xtatdi. Maydondan chetlatilgan Suares futbol tarixidagi eng baxtli qizil kartochka sohibi bo‘ldi, chunki penalti tepgan Asamoa Gyan gol ura olmagan. Bu esa Gana uchun haqiqiy fojia bo‘ldi, terma jamoa esa o‘z tarixida bundan yaxshiroq natija qayd etmagan. Bu esa ushbu voqeadan so‘ng Gana va Urugvay o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi.

Kiritildi: 10:00, 27.06.2022.
O'qildi: 4996 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.