Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Tayekvondochi yigitlarimizdan tarixiy natija! Janubiy Koreya umumjamoa hisobida ortda qoldirildi

Tayekvondochi yigitlarimizdan tarixiy natija! Janubiy Koreya umumjamoa hisobida ortda qoldirildi

Baho:
+ | -

Koreya Respublikasida tayekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bugun -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Shuhrat Salayev qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tayekvondochimiz finalda Tokio-2020 kumush medal sohibi iordaniyalik Solih El Sharabati bilan to‘qnash keldi. Birinchi raundda Salayevning, ikkinchi bo‘limda raqibning g‘alabasi qayd etildi. Hal qiluvchi raundda Salayev 0:5 hisobida ortda borayotganiga qaramasdan kuchli xarakter ko‘rsatib, 8:7 hisobida bellashuv taqdirini o‘z foydasiga hal qila oldi. Ayniqsa, so‘nggi 2 soniyada 2 ochkolik zarba bilan g‘alabani “ilib” ketgani butun musobaqaning eng dramatik lahzasi bo‘ldi, deyish mumkin.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur qit’a birinchiligini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ahamiyatli tomoni, erkaklar terma jamoamiz 4 ta oltin medal bilan musobaqa mezbonlarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Qayd etish joiz, terma jamoamiz qit’a birinchiliklarida shu paytgacha 4 ta oltin medal qo‘lga kiritmagan edi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi tayekvondochilarimizning ushbu tarixiy natijasi bilan O‘zbekiston tayekvondo WT assosiasiyasi va jamoamizni, murabbiylar shtabini samimiy qutlaydi.

Kiritildi: 12:36, 27.06.2022.
O'qildi: 3185 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик