Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" De Yong bo‘yicha talablarini pasaytirmoqchi emas

"Barselona" De Yong bo‘yicha talablarini pasaytirmoqchi emas

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor. Ammo ispan klubi futbolchi uchun 85 million yevro talab qilmoqda, deydi insayder Fabrisio Romano.

Ingliz klubining oxirgi taklifi 65 million. "Manchester Yunayted" yetishmayotgan summani mumkin bo‘lgan bonus to‘lovlari sifatida to‘lashga tayyor.

25 yoshli niderlandiyalik futbolchi ingliz klubiga o‘tishga tayyor. U "Ayaks"da birga ishlagan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan birga ishlamoqchi.

De Yong o‘tgan mavsumda "Barselona" safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 00:01, 28.06.2022.
O'qildi: 1914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.