Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manuel Pellegrini Mourinyoning hakamlik bo‘yicha e’tirozlariga munosabat bildirdi

Manuel Pellegrini Mourinyoning hakamlik bo‘yicha e’tirozlariga munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini La Liganing 4-turida «Real» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng raqib bosh murabbiyi Joze Mourinyoning hakamlik bo‘yicha e’tirozlariga munosabat bildirdi.

Uchrashuvni bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandes boshqardi.

«Menimcha, biz haddan tashqari qo‘pol o‘ynamadik. Har ikki jamoa kurashdi.

Hakam o‘yin natijasiga ta’sir qildi, deb o‘ylamayman. Bitta sariq kartochka ko‘proq yoki kamroq bo‘lganida ham, bu uchrashuv taqdiriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmas edi.

Biz hakam tufayli g‘alaba qozonmadik. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalandik, ular esa foydalana olmadi. Ayrim zarbalarni Alvaro Valyes qaytardi, yana bir vaziyatda esa ular penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Futbolda shunday bo‘ladi — ayrim epizodlar o‘yin natijasini hal qiladi. Menimcha, hakam bu bahs taqdiriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi», — dedi Pellegrini.

Kiritildi: 08:54, 05.09.2026.
O'qildi: 2225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик