Angliya Premyer Ligasining 3-turi doirasida “Manchester Siti” va “Koventri” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Bellashuv “shaharliklar”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibida maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
Himoyachi jami 91 marta to‘p bilan muomala qildi. U 79 ta uzatmaning 75 tasini aniq amalga oshirdi (95 foiz aniqlik). Sofascore portali Abduqodirning harakatlarini 7 ball bilan baholadi. Husanov 90+5-daqiqada qo‘pollik uchun ogohlantirildi.
Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari:
Himoyaviy harakatlar: 5 ta;
Raqib hujumini bartaraf etish: 1 marta;
Tozalash: 3 marta
Yerdagi kurashlar: 5 ta (2 tasi muvaffaqiyatli);
Havodagi kurashlar: 2 ta (barchasi muvaffaqiyatli);
To‘pni qaytarib olish: 4 marta.
Raqib zarbasika blok qo‘yish: 1 marta
“Manchester Siti”ning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan va 3 ta seyv amalga oshirgan Janluiji Donnarumma uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Sofascore tomonidan italiyalik darvozabonning harakatlari 8,8 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, g‘alaba goli muallifi Erling Holand 8,5 ball oldi. Mezbonlar safida faol harakatlari bilan ajralib turgan Elliot Anderson 8,6 ball bilan baholandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” 9 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.














