"Barselona" va Niderlandiya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Patrik Klyuyvert kataloniyaliklar safida harakat qilayotgan Frenki De Yongni jamoani tark etmasligiga umid qilmoqda.
"Umid qilamanki, klub De Yongni saqlab qoladi. U aql bovar qilmaydigan futbolchi. Uni sotish katta pul olib keladi, ammo boshqa omillarni ham hisobga olish kerak", - dedi Klyuyvert.
Avvalroq Frenki 80 million yevro evaziga "MYU" futbolchisiga aylanishi haqida xabarlar chiqqan edi.