Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronalduning shaxsiy samolyoti Ispaniyadan uzoq kechikish bilan uchdi

Ronalduning shaxsiy samolyoti Ispaniyadan uzoq kechikish bilan uchdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning shaxsiy samolyoti Ispaniyadan bir yarim soat kechikish bilan uchib ketdi.

Daily Mail nashrining yozishicha, bunga portugaliyalik futbolchining soqchilari va aeroport xodimlari o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan.

Ronalduning qo‘riqchilaridan biri aeroport xodimlarining skanerdan o‘tish talabiga baqirib, tajovuzkor harakat qila boshlagan. Natijada polisiya chaqirilgan.

Ronalduning o‘zi vaziyatga hech qanday aralashmadi.

Ronaldu 2021 yil avgustida qaytganidan buyon “Manchester Yunayted” safida 38 o‘yinda 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:12, 02.07.2022.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.