Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ko‘nya-2021: Jamoaviy sport turlariga qur’a tashlandi

Ko‘nya-2021: Jamoaviy sport turlariga qur’a tashlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

9-18 avgust kunlari Turkiyaning Ko‘nya shahrida o‘tadigan V Islom birdamligi o‘yinlarining jamoaviy sport turlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra, musobaqada ishtirok etadigan jamoalarimiz o‘z raqiblari nomini bilib olishdi.

E’tiborlisi, dastlab faqatgina gandbol va basketbol 3x3 bo‘yicha ayollar jamoalarimiz ushbu turnirda ishtirok etishlari e’lon qilingan edi. Keyinchalik voleybol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasiga ham bo‘lajak Islom birdamligi o‘yinlarida qatnashish uchun taklif keldi.

Qur’a yakuni bo‘yicha jamoalarimiz musobaqaning guruh bosqichida quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:

Gandbol, «A» guruhi: Senegal, Bangladesh, Turkiya, O‘zbekiston;
Voleybol, «A» guruhi: O‘zbekiston, Indoneziya, Turkiya, Eron.

Reglamentga ko‘ra, basketbol 3x3 dasturida qur’a jamoalarning reytingidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va natija tez orada xalqaro tashkilot saytida e’lon qilinadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:20, 03.07.2022.
O'qildi: 2185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.