Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Slavche Voyneski: «Chempionlar Ligasidan so‘ng biroz og‘ir davrni boshdan kechirdik»

Slavche Voyneski: «Chempionlar Ligasidan so‘ng biroz og‘ir davrni boshdan kechirdik»

Baho:
+ | -

Bekoboddagi o‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski bellashuv xususida fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo‘lim ikki qismdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, biroq keyinchalik shogirdlarimda biroz charchoq yuzaga keldi. Bekobodga Toshkentdan kelib futbol o‘ynash istalgan jamoaga oson emas, biz ikki yarim soat yo‘l bosdik. Ikkinchi bo‘limda qanday futbol o‘ynash kerak bo‘lsa, shunday yo‘l tutdik. Futbolchilar talab qilingan vazifalarni bajarishdi. Ikkinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. G‘alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Chempionlar Ligasidan so‘ng biroz og‘ir davrni boshdan kechirdik. Turnirdagi o‘yinlar qisqa muddat oralig‘ida o‘tkazildi, buning natijasida juda ko‘p energiya yo‘qotdik. Shundan so‘ng milliy chempionatda yuqori sur’atga tushib olishimiz qiyin bo‘ldi. Jamoada salohiyat yuqori, ikkinchi davrada ancha kuchayamiz. O‘zimiz qanday o‘ynashni xohlasak, bu borada mashg‘ulotlarda ishlaymiz. O‘ylashimcha, ikkinchi davra biz uchun yaxshi ruhda o‘tadi.

O‘yinchilarning holatini doim tahlil qilamiz. Shu sababli va turli pozisiyalarda to‘p tepa olishini bilganimiz uchun Hamrobekovni himoya markaziga joylashtirdik. U o‘yin jarayonini yaxshi nazorat qila oladi.

Cheran "Paxtakor"ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri, qolaversa, u jamoada anchadan beri o‘ynab kelmoqda. O‘ylashimcha, hujumchi yana 1-2 yil davomida yuqori saviyada o‘ynay oladi. Unga o‘rinbosar sifatida boshqa futbolchilarni tayyorlab borishga harakat qilyapmiz, masalan, Xolmatovni ushbu pozisiyada sinab ko‘ryapmiz. Agar u yetarlicha tajriba to‘play olsa, bu nuqtada kuchli futbolchiga aylanadi. Bugungi g‘alabani muxlislarga ham bag‘ishlaymiz, ulardan o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Ular bizning qo‘shimcha o‘yinchimiz, o‘tgan bahsda ularni ranjitdik. Bugungi muvaffaqiyat to‘liq ularniki deb ayta olaman", — dedi Voyneski.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 05:49, 05.07.2022.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.