Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Son Hyon Min: «2018 yilda nemislarning ko‘z yoshlariga qarab, qasos olishga qodir ekanligimni his qilganman»

Son Hyon Min: «2018 yilda nemislarning ko‘z yoshlariga qarab, qasos olishga qodir ekanligimni his qilganman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

«Tottenhem» yarim himoyachisi Son Hyon Min o‘ziga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi haqoratlar haqida gapirib o‘tdi.

Janubiy Koreyalik futbolchi 2008 yilda «Gamburg» safida, 2013 yildan 2015 yilga qadar «Bayer»da o‘ynagan.

"Germaniyaga ko‘chib o‘tganimda juda yosh edim. U yerda juda qiyin va tasavvur qilib bo‘lmaydigan voqealarni boshdan kechirdim.

Men irqchilikka duch keldim. Og‘ir damlarni boshimdan o‘tkazayotganimda, kun kelib qasos olish haqida ko‘p o‘ylardim.

Odatda, odamlar yig‘laganda, ularni yupatishni, quchoqlashni xohlayman. Ammo nemislarning yig‘isiga qarab, o‘zimga yoqqan narsa orqali qasos olishga qodir ekanligimni his qildim", — dedi Son Hyon Min.

2018 yilgi Jahon Chempionatida guruh bosqichining so‘nggi turida Janubiy Koreya Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Nemislar pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan. Son o‘sha o‘yinda ikkinchi gol muallifiga aylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:30, 06.07.2022.
O'qildi: 2974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик