Kirish Ro'yxatdan o'tish

Uimbldon. Muxlislar ikki gigant to‘qnashuviga guvoh bo‘lishmaydi

Uimbldon. Muxlislar ikki gigant to‘qnashuviga guvoh bo‘lishmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining erkaklar bahslarida ilk finalchi nomi aniq bo‘ldi.

Musobaqaning 2-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Rafael Nadal o‘z yurishini yakunlashga majbur bo‘ldi. Bu haqda Britaniya ochiq chempionati rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Gap shundaki, ispaniyalik raketka ustasi jarohatini yangilab olgan. Chorak final doirasidagi Fritsga qarshi bellashuvning ikkinchi setida Nadalning murabbiyi o‘yinni to‘xtatishni so‘ragan, ammo Rafa buni rad etgandi.

Shu tariqa, uning yarim finaldagi raqibi Nik Kiryos to‘g‘ridan to‘g‘ri hal qiluvchi bahsga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi u finalda Jokovich - Norris to‘qnashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 01:47, 08.07.2022.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.