Markaziy yarim himoyachi Serxio Oliveyra "Galatasaroy"ga o‘tdi.
Turkiya klubi portugaliyalikning transferini rasman tasdiqladi. Shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan. 30 yoshli futbolchining transferi “Galatasaroy”ga 3 million yevroga tushdi.
Serxio Oliveyra avvalroq “Portu”ga tegishli edi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Italiyaning "Roma"sida o‘tkazdi va u Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonishga yordam berdi.
Oliveyra Portugaliya terma jamoasi safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi, shu jumladan o‘tgan yozda Yevro-2020da ikkita o‘yin o‘tkazdi.