Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Aspilikueta "Chelsi" rahbariyatidan o‘zining "Barselona"ga transferini so‘ragan

Aspilikueta "Chelsi" rahbariyatidan o‘zining "Barselona"ga transferini so‘ragan

Baho:
+ | -

Jurnalist Nizar Kinsellaning so‘zlariga ko‘ra, "Chelsi" sardori Sezar Aspilikueta rahbariyatga jamoani tark etib, "Barselona"ga o‘tishni istayotganini aytdi.

Biroq "ko‘klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel hozircha himoyachini Kataloniya klubiga qo‘yib yuborishdan bosh tortdi. Murabbiy birinchi navbatda "Chelsi"da birdaniga uchta yangi himoyachi bilan shartnoma imzolashni istaydi, shundan so‘ng Aspilikuetani Ispaniyaga qaytib, "Barselona"ga o‘tishga ruxsat beriladi.

Avvalroq, "Chelsi" Aspilikueta uchun tovon puli sifatida 8 million yevro talab qilgani ma’lum bo‘lgandi. "Barselona" shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchi uchun bunday pul to‘lashga tayyor emasligini ma’lum qildi.

32 yoshli ispaniyalik o‘tgan mavsumda London klubi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 08:55, 13.07.2022.
O'qildi: 2419 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик