Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti: "Bu transferlar bilan jamoaning saviyasi oshadi"

Anchelotti: "Bu transferlar bilan jamoaning saviyasi oshadi"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubning transfer rejalari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, yangi transferlarni kutmaslik kerak.

"Tchuameni va Ryudigerning kelishi bilan jamoaning saviyasi oshadi", - deya Anchelotti so‘zlarini keltirgan Marca. Ryudiger - turli pozisiyalarda o‘ynay oladigan ajoyib markaziy himoyachi. Tchuameni yarim himoyada ham turli rollarda o‘ynay oladi. Orlyen yosh, lekin Fransiya terma jamoasida o‘ynayapti."

Murabbiyning fikricha, jamoadagi raqobat muvaffaqiyat garovidir.

“Albatta, Tchameni va Ryudigerga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi, lekin bu tezda ketishi kerak, chunki ular juda yaxshi o‘yinchilar. Aytishim mumkinki, "Real Madrid" uchun yangi transferlar bo‘lmaydi. Bizda hammasi yaxshi”, - deydi u.

O‘tgan mavsumda "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionligi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 05:01, 15.07.2022.
O'qildi: 5658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик