Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Manba: Gnabri "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi

Manba: Gnabri "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Serj Gnabri Myunxen klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Endi germaniyalik futbolchi Yulian Nagelsmann jamoasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi, deb yozadi jurnalist David Ornshteyn ijtimoiy tarmoqlarda.

Shu tariqa, Gnabri "Bavariya"da qoladigan bo‘ldi. Umuman olganda "Chelsi" futbolchining shartnomasi tugashidan foydalanib, uni 40 million yevro evaziga "Stemford Brij"ga olib kelishga tayyor edi.

Eslatib o‘tamiz, Gnabri "Verder"dan "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgan, shundan so‘ng u "Xoffenxaym"da bir yil ijara asosida o‘ynagan, o‘sha paytda jamoada uning hozirgi ustozi Yulian Nagelsmann ishlardi.

Kiritildi: 16:32, 15.07.2022.
O'qildi: 1369 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.