"Chelsi" va Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduard Mendi termadagi jamoadoshi Sadio Manening "Liverpul"dan "Bavariya"ga transferi haqida gapirdi.
"Menimcha, sifat va shaxsiyat nuqtai nazaridan APL uchun katta yo‘qotish bo‘ldi", - dedi kiper Sky Sports telekanaliga.
Eslatib o‘tamiz, Mane 32 million yevro evaziga "Liverpul"dan "Bavariya"ga ko‘chib o‘tdi va 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.