Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 01:00 Barselona 3-0 Aston Villa
04/11 01:00 Feyenoord 0-3 Inter
04/11 01:00 Bude-Glimt 0-0 Lill
04/11 01:00 LASK 4-0 Slovan
04/11 01:00 Man. Yunayted 3-2 Roma
04/11 01:00 Vilyarreal 0-6 PSJ
04/11 01:00 Atletiko 0-2 Bavariya
04/11 15:00 Poxang Stilers 3-3 Gamba Osaka
04/11 15:15 Buriram Yunayted 0-0 Kashima Antlers
04/11 18:45 Arkadag‘ 1-0 Gol Gohar
04/11 21:00 Al-Vahda 1-2 Xolidiya
04/11 22:00 Kuvayt SK 2-3 Nasaf
04/11 22:45 AYEK 2-3 Real Madrid
04/11 22:45 Fenerbaxche 3-2 Liverpul
05/11 01:00 RB Leypsig 2-3 Manchester Siti
05/11 01:00 Slaviya 1-2 Arsenal
05/11 01:00 PSV 1-2 Bryugge
05/11 01:00 Borussiya D 2-1 Betis
05/11 01:00 Portu 4-1 Napoli
05/11 01:00 Lans 1-9 Komo
05/11 01:00 Viking 4-1 Sabah
05/11 18:30 Bunyodkor - Xorazm
06/11 18:30 So‘g‘diyona - Dinamo

Solixa Husniddinova “Kojayeli Bayan”dan “Sevinch”ga o‘tdi, jamoa yana uch nafar legionerni qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

Qarshining “Sevinch” jamoasi joriy mavsumda chempionlik an’analarini davom ettirishni maqsad qilgan. Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng 4 iyundan mashg‘ulotlarga kirishgan jamoa kuniga ikki mahaldan o‘zining “Geolog” bazasida shug‘ullanishni davom ettiryapti. Jamoaning yetakchilari ayni paytda milliy terma jamoa tarkibida Tojikistonda o‘tkazilayotgan CAFA turnirida ishtirok etyapti.  

“Sevinch” o‘z tarkibini davralar oralig‘ida kuchaytirishga katta e’tibor qaratdi. Natijada “Nasaf” klubining bosh homiysi – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ  rahbariyatining bevosita qo‘llab-quvvatlashi evaziga o‘z tarkibiga uch nafar legioner futbolchini qo‘shib oldi.

Bular — hindistonlik Dangmey Greys (26 yoshli markaziy yarim himoyachi, mamlakatning turli  yoshdagi ayollar terma jamoasida to‘p surgan, milliy terma jamoa a’zosi, “Sevinch”da 15-raqamda maydonga tushadi);

ganalik Mumuni Fuseina (21 yoshli hujumchi, Gana va Iordaniya klublarida o‘ynagan, mamlakatning turli yoshdagi ayollar terma jamoalarida to‘p surgan, 17 va 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatlari ishtirokchisi, mamlakat milliy terma jamoasi a’zosi, o‘tgan mavsumda “So‘g‘diyona-W” tarkibida chempionat oltin medalini qo‘lga kiritgan, “Sevinch”da 7-raqam ostida maydonga tushadi);

kamerunlik Njolle Alvine Ngonja (28 yoshli markaziy himoyachi, Kamerundan tashqari Belarusning “Dinamo” jamoasida o‘ynagan, mamlakatning o‘smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari  sharafini himoya qilgan, “Sevinch”da 4-raqamda maydonga tushadi).

Shuningdek, “Bunyodkor” jamoasida chempion va kubok sohibi bo‘lgan, bir yildirki faoliyatini Turkiyaning “Kojayeli Bayan” klubida davom ettirgan Soliha Husniddinova ham “Sevinch” vakiliga aylandi va shu yilning 31 dekabriga qadar shartnomaga imzo chekdi. “Kojayeli Bayan” 24 jamoa qatnashadigan mamlakat ayollar chempionatida 11-o‘rindan joy oldi. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:30, 18.07.2022.
O'qildi: 1525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик