"Yuventus" yarim himoyachisi Adriyen Rabyo keyingi mavsumda ham Turin klubida qolishi mumkin, deb yozadi jurnalist Romeo Agresti. Fransiyalik futbolchi transferga qo‘yilmagan.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Massimilliano Allegri keyingi mavsumda futbolchiga umid bog‘lamoqda.
Xabar qilinishicha, futbolchi shu yozda MLS klubi yoki "Chelsi"ga o‘tishi mumkin.
Rabyo o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.