Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Laporta borini tikmoqda. U hammasini barbod qilishi mumkin

Laporta borini tikmoqda. U hammasini barbod qilishi mumkin

Baho:
+ | -1

 Hamma "Barselona" bankrotlik yoqasida ekanligini aytishayotgan edi. Mutaxassislar“Barselona” Xoland, Levandovski va boshqa yulduzlarni qo‘lga kirita olmaydi deyishayotgandi. Xaviyer Tebas ham shunday fikrda bo‘lgan:

"Barselona" nima qilishni biladi. Klub bizning iqtisodiy nazorat qoidalarimiz bilan tanish va u qanday vaziyatda ekanini juda yaxshi biladi. Qoidalar klublarni jiddiy moliyaviy muammolarga duchor qilmaslik uchun ishlab chiqilgan. Ular nima qilishlari kerakligini bilishadi: sotish va daromadni oshirish. Mana ular nima qilishlari kerak. "Barselona" hozirda Levandovskini qo‘lga kirita olmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” Robert va yana to‘rt nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib, “mumkin emas” ishni qilgan ekan? Transfer bozorida kataloniyaliklardan bunday chaqqonlikni hech kim kutmagandi.

"Barselona" yozda besh nafar yangi futbolchi uchun 100 million yevro sarfladi

Levandovski 45 million yevro evaziga sotib olindi, ammo Robert bu yozda "Barselona"ning eng qimmat yangi futbolchisi emas. "Lids"dan Rafinya 58 millionga tushdi va braziliyalik Tomas Tuxel uni ko‘rmoqchi bo‘lgan "Chelsi"dan tortib olindi. Qolgan uchta yangi o‘yinchi erkin agent sifatida kelishdi.

Albatta, bu Xosep Bartomeu davridagidek, Koutinyo, Grizmann va Dembelega sarflangan xarajatlardek emas, balki moliyaviy jihatdan hali to‘liq tiklanmagan klub byudjetiga juda nozik yuk. Aytgancha, Usmon Dembele bir qarashda ko‘rinmasa ham, joriy transfer oynasida "Barselona"ga yangi kelgan beshinchi futbolchi bo‘ldi. Lekin, aslida, fransiyalik futbolchining avvalgi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etgan va u 14 iyul kuni yangi shartnoma imzolagandi. Dembele ikki hafta erkin agent bo‘ldi va yangi futbolchi sifatida ro‘yxatdan o‘tadi.

Kataloniyaliklar to‘xtab qolishmoqchi emas

Eng ajablanarlisi, "Barselona"ning transfer ishlari hali tugamadi. Kataloniyaliklar "Sevilya" bilan Jyul Kunda bo‘yicha muzokara olib borishmoqda, ular "Chelsi"dan Sezar Aspilikuyeta va Markos Alonsoni o‘ziga jalb qilmoqchi, shuningdek, "Manchester Siti"dan Bernardu Silvaga ham qiziqmoqda. Portugaliyalikning kelishi ob’ektiv va amalga oshishi qiyinroq, ammo "Kamp Nou"da himoyachilar birdaniga bo‘lmasa ham, albatta paydo bo‘ladi.

Kunde, Aspilikuyeta va Alonso bo‘yicha kelishuvlar ko‘rinmas ip bilan bog‘langan, chunki Sevilyadan qaytgan fransuz himoyachisi "Chelsi"ning asosiy maqsadi va agar "Barsa" yana futbolchini ulardan tortib olsa, London klubi“Blaugranas”ga futbolchilarini osonlikcha berib qo‘ymaydi.

Sotish muqarrar, garchi "Barselona" buni rad etayotgan bo‘lsa-da

Joan Laporta boshchiligidagi “Barselona”ning yangi rahbariyati klub atrofidagi moliyaviy muhitni yaxshiladi: stadion nomiga bo‘lgan huquqlarning sotilishi klubga yaxshi pul olib keldi va "Barselona" ham o‘zining 25% televideniye huquqlarini pulladi va taxminan 330 million yevro ishlab oldi. Bu esa klubga transferlar uchun pul bo‘ldi.

Biroq 1,2 milliard yevrolik qarz yo‘qolgani yo‘q, boshqa cheklovlarni ham hech kim bekor qilmagan. Masalan, La Ligada amaldagi maosh chegarasiga hozirgi tarkibni sig‘dirish muammoli bo‘ladi, garchi "Barselona" futbolchilarining maoshlari kamaytirilayotgan bo‘lsa-da.

Shu sababli, jamoa bir nechta futbrlchilardan voz kechishga majbur. De Yongni sotish esa birozgina moliyaviy ahvolni barqarorlashtiradi. Ammo barcha muammolarni bartaraf etmaydi. Xususan, 2023 yilda shartnomasi nihoyasiga yetadigan va atrofidagilar “Barselona” taklif qilgan shartlarga rozi bo‘lmagan iqtidorli Gavi ham ketishi mumkin.

"Barselona" hali muammolardan qutilgani yo‘q

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann “Barselona”ni ajoyib ta’riflab berdi:

“Bu puli yo‘q, lekin xohlagan futbolchini sotib oladigan yagona klub. Ular buni qanday qilishlarini bilmayman. Bu qandaydir g‘alati va biroz odamni aqldan ozdiradi.”

"Barselona"ning qilayotgan ishlari haqiqatdan ham g‘alati. Ko‘pchilikka 1,2 milliard yevro qarzi bo‘lgan klub o‘zini bunchalik beparvolik qilmasligi kerakdek tuyuladi. Yulduzli yangi futbolchilarni qo‘lga kiritish orqali "Barselona" tiklanyaptimi yoki jarga yaqinlashyaptimi bilib bo‘lmaydi. Joan Laportaning strategiyasi tushunarli, u va-bank qilmoqda. Bunday holatda u klubni yoki bor qiladi yoki bu yog‘ini aytmaylik.

"Barselona"da moliyaviy inqirozdan chiqishning ikkita aniq yo‘li bor edi, bu ikki yo‘l oddiy hayotiy uslub: pul bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, yo kam sarflash yoki ko‘proq pul topish kerak. Birinchi usul sekinroq, ammo ishonchliroq, ikkinchisi nisbatan tez, ammo juda havfli. Yangi kelgan futbolchilar bilan shartnoma imzolanishi "Barselona"ning tiklanishidan darak emas, bu klub borini tikayotganini bildiradi.

Agar Laporta klubni avvalgi darajasida tiklay olsa, hamma uni afsonaga chiqarishadi. Klubni u qiyin kunlarda qabul qilib oldi va avvalgi darajasini tikladi deyishadi. Agar unday bo‘lmasa, hatto Ispaniyadagi bir grand klubning oddiy darajaga tushib qolishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. “Barselona”ning bor umidi yangi transferlardan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:26, 20.07.2022.
O'qildi: 8352 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.