Kataloniyaning “Barselona” va Madridning “Atletiko” klubi sobiq futbolchisi Luis Suares vataniga qaytishi mumkin. Urugvayning “Nasional” klubi tajribali to‘purarga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda klub prezidenti Xose Fuyentes ma’lum qildi.
“Uning oilasi Urugvayga ko‘chib o‘tishga tayyor. Luisning yakuniy qarorini bilish qoladi. U hamma narsani o‘lchab, javob berish uchun bir necha kun vaqt so‘radi", - deydi Mundo Deportivo rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Suares 2021/2022 yilgi mavsum oxirida "Atletiko"ni tark etgandi. Ayni damda hujumchi erkin agent maqomida.
35 yoshli forvard o‘tgan mavsumda La Liganing 35ta o‘yinida 11ta gol urdi.