Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo - Navbahor

Transferlar oynasida "Real" faol bo‘lmadi. APL klublari katta sahnada!

Transferlar oynasida "Real" faol bo‘lmadi. APL klublari katta sahnada!

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasida sarflangan mablag‘lar bo‘yicha klublar reytingi e’lon qilindi. Beshta klub joriy transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi.

"Bavariya", "Manchester Siti", "Barselona", "Tottenxem" va "Lids" bu borada super transferlarni amalga oshirdi.

50 million yevroga yetgan xaridlarni 21 ta klub, jumladan, Angliya premyer-ligasining 12 nafar vakili amalga oshirdi. Bu ham albatta, Premyer-liga darajasi oshganini ko‘rsatadi.

Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi - "Real" yozgi transfer oynasida eng ko‘p pul sarflagan jamoalar orasida kuchli 10 talikda mavjud emas. "Real Madrid"ning xarajatlari 80 million yevroni tashkil etadi, "qaymoqranglilar" 13-o‘rinni band etishdi. Jamoa premyer-ligaga yangi kelgan "Nottingem Forest"dan bir pog‘ona ortda qolmoqda (81,75 million yevro).

Quyida transferlar oynasida faol bo‘lgan klublar haqida so‘z yuritamiz.

10-o‘rin. "Liverpul" - 85,8 million yevro

«Liverpul» «Ayaks»dan bor-yo‘g‘i 200 ming yevro kam sarflagan holda deyarli top 10 likka kirishni amalladi. "Qizillar"ning asosiy sarmoyasi Darvin Nunyesga ketgan bo‘lib, 75 million yevro to‘langan. Urugvaylik futbolchi haqidagi gap-so‘zlar hamon OAVda keng ko‘lamda aylanmoqda. Bir necha kun oldin hujumchi "Leypsig"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida poker qayd etdi.

9-o‘rin. "Borussiya" (Dortmund) - 86 million yevro

"Borussiya" Xolandni sotib yubordi, ammo yangi kelgan futbolchilar ham undan kam emas: Alle, Adeyemi, Shlotterbek, Zyule. Achinarlisi, Sebastyan yaqin orada maydonda ko‘rinish bermaydi. Uning jarohati tiklanishiga bir necha hafta kerak bo‘ladi.

8-o‘rin. "Yuventus" - 89,5 million yevro

"Yuventus" Federiko Kyezani sotib olish bo‘yicha uzoq yillik shartnomani ado etdi va Myunxenga yetib kelgan de Ligt o‘rniga "Torino"dan braziliyalik himoyachi Bremerni sotib oldi.

7-o‘rin. “Chelsi” – 94,2 million yevro

Bu summa Raxim Sterling va Kalidu Kulibalining to‘lovlaridan iborat, biroq “Chelsi” “Sevilya” bilan Jyul Kundening transferi borasida kelishib olgan. Tovon puli 60 mln yevroni tashkil qiladi. Shuning uchun shartnoma rasmiylashtirilgach, "Chelsi" ushbu reytingda yettinchi o‘rindan birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Dahshat!

6-o‘rin. "Arsenal" - 97,06 mln yevro

"Arsenal" uchun ancha qaynoq va ilhom baxsh etuvchi transfer yozi! "Kanonirlar" allaqachon Gabi Jezus, Fabio Viyeyra va okean narigi tomonidan bir nechta yigitlar bilan shartnoma imzolashdi. «Manchester Siti»dan transferi allaqachon kelishib olingan Aleksandr Zinchenko esa alohida katta voqelik.

5-o‘rin. "Tottenxem" - 101,9 million yevro

Konte haqiqatan ham "Tottenxem"ni o‘zgartira oldi, chunki yaqin vaqtgacha "shporlar" yillar davomida transfer bozoriga dadillik bilan kira olishmasdi, endi esa yangi kelganlar uchun yuz milliondan ortiq mablag‘ sarf etildi. "Everton"dan Risharlison eng qimmat (58 million yevro) ga sotib olindi. Lekin Bissuma, Spens, Langle kabi futbolchilar ijaradan tarkibga qo‘shildi va bundan tashqari bir qancha tajribali erkin agentlarni ham unutmaslik kerak.

4-o‘rin. "Barselona" - 103 million yevro

"Barselona"ning haligacha katta qarzlari mavjud. Ammo Joan Laporta hammasini hisobga olib qo‘ygan, u aqlli transfer siyosatini amalga oshirish niyatida. Chunki bilasizki, Bartomeu davrida qanchadan qancha milliardlar besamar sarflab yuborildi. Ularning o‘rnini to‘ldirish uchun Joan ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Kataloniyaliklar eng yorqin transfer siyosatini olib bormoqda: Levandovski, Rafinya, Kristensen, KesYE. Va hali bu ro‘yxat tugash niyatida emas!

3-o‘rin. "Lids Yunayted" - 105,64 mln yevro

O‘tgan mavsum oxirida Premer-ligadan deyarli tushib ketish arafasida bo‘lgan klubni bu pog‘onada ko‘rish ajablanarli hol bo‘lishi turgan gap. "Lids" futbolchilar almashinuvi bo‘yicha gigantlar qatoriga kirib oldi. Yangi kelganlar haqida gapiradigan bo‘lsak, jamoa allaqachon besh futbolchi transferini hal qilib bo‘lgan: Brenden Aaronson, Luis Sinisterra, Tayler Adams, Rasmus Kristensen va Mark Roka.

2-o‘rin. “Manchester Siti” – 108,75 million yevro

Angliyaning amaldagi chempioni hozircha ikki kuchli transferga ega - Erling Xoland va Kalvin Fillips. Shubhasiz, boshqa xaridlar ham e’tiborni tortadi. Ayni dam “shaharliklar” himoyaning chap qanotida Aleksandr Zinchenkoning o‘rnini egallashi kutilgan Mark Kukurelya uchun “Brayton” bilan savdolashmoqda.

1 o‘rin. “Bavariya” – 117,5 million yevro

Odatda, "Bavariya" katta pullar evaziga transferlarni amalga oshirishni istamaydi, ammo bu yozda myunxenliklar o‘z qoidalarini keskin tarzda buzmoqda. "Bavariya" shu paytgacha Yevropada transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan jamoaga aylandi. De Ligt, Mane va Gravenberxni sotib olgan "qizillar" yangi mavsumdan tarkibni YECHL bosh sovriniga yetarli darajada kuchytirish niyatida. "Yuventus"dan kelib qo‘shilgan De Ligt klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat transferga aylandi.

Kiritildi: 18:52, 23.07.2022.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.