Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Erik Ten Xag o‘rtoqlik o‘yinlarida qanday murabbiy ekanini namoyish etmoqda?

Erik Ten Xag o‘rtoqlik o‘yinlarida qanday murabbiy ekanini namoyish etmoqda?

Baho:
+ | -

Mashg‘ulot o‘yinlari bo‘lsa-da, Erik Ten Xag birmuncha «gibkiy» murabbiy ekanini payqash mumkin.

Masalan, avvalgi o‘yinlarda «MYU» 4-2-3-1 sxemasida harakat qildi va Ten Xag to‘p nazorat qilishda qanot himoyachilarini markazga kirib o‘ynashga ko‘rsatma berdi. Qanotlarni esa, Sancho va Reshford kengaytiradi. Odatda, Pep Gvardiola «Siti»da «bild-ap»ni shunaqaroq asosda quradi. Bu o‘ziga yarasha yangilik.

Bugungi o‘yinda esa, Skott Maktominey yo‘qligi uchun jamoa 4-3-3 ga yaqin sxemada harakat qilyapti, ya’ni Fred orqaroqda, Van De Bek esa, Maktomineydan farqli ravishda, oldinroqda, Brunu bilan bir chiziqda o‘ynayapti.

Balki shuning uchunmi, Ten Xag oldingi o‘yinlardagi bild-apdan voz kechdi. Endi hujum boshlashda qanot himoyachilardan biri (asosan Shou) uchinchi markaziy himoyachiga aylanyapti, narigi qanot esa, ancha oldinga chiqyapti. O‘z navbatida, o‘sha qanotdagi vinger jarima maydoniga yaqinroq to‘p surishi mumkin. E’tibor bergan bo‘lsangiz, birinchi taymdagi har ikki golda o‘xshashlik bor - Reshford ham, Sancho ham aynan yarimqanotda to‘pni qabul qilib, hujumni davom ettirishdi.

Bunday pozision o‘yinda, albatta, Marsiyalning roli ham o‘zgaradi - u ko‘proq markazni to‘ldirib, aldamchi to‘qqizlikka aylanyapti va qanotdagilarga zona ochib bermoqda.

Qaysidir ma’noda, bugungi o‘yin Sulsher uslubining takomillashgan variantiga o‘xshaydi.

Xullas, har qanday sxema va yo‘nalishda jamoaviy o‘yin saviyasiga putur yetmasligi juda muhim jihat. Tarkibda rotasiya qilish, hatto bir o‘yinda turli yo‘nalishlar bilan raqibni chalg‘itishda qo‘l keladi. Kuzatamiz.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 21:09, 23.07.2022.
O'qildi: 5300 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.