Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Keling, «oltin» sanaymiz...

Keling, «oltin» sanaymiz...

Baho:
+ | -

2021 yilning yozida Lionel Messi va David Alaba o‘z klublarini o‘zgartirishdi va yangi qo‘nimgohda darhol chempionlikni tantana qilishdi. Endi argentinalikda ham, avstriyalikda ham milliy chempionatlarda yutilgan 11tadan oltin medal bor. Bu fantastik natija, albatta - zamonaviy futbol uchun rekord! Lekin butun tarixdagi eng yaxshisi emas. Sports.ru sayti ijodkorlari bu borada biroz izlanib, eng kuchli milliy chempionatlar yetakchilarini ajratib olishdi va natijalarni umumlashtirishdi. Keling, barchasini birrov ko‘rib chiqamiz.

** Umumiy reytingning yuqori pog‘onalari «MYU» va «Real» afsonalariga tegishli. Tomas Myuller va Lionel Messida peshqadamlarga yetib olish uchun real imkoniyat bor. Har holda, har ikkisi chin gegemon klublarda o‘ynamoqda. David Alaba va Tyago Alkantaraga esa biroz qiyin...

** Buyuk Zlatan Ibragimovich 10ta chempionlikni 4ta klub libosida nishonlagan nodir futbolchidir!

** Janluiji Buffon va Zlatan Ibragimovichda oltin medallar soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo «Yuventus»ning 2ta chempionlik maqomidan mahrum etilgani statistika bo‘yicha ularning zararlariga ishladi.

** Ba’zi manbalarda Kingli Koman hisobiga 1ta ko‘p chempionlik maqomi yoziladi. Biroq fransiyalik futbolchi mavsum-2015|2016da «Yuventus»ning «A» seriyadagi atigi 1ta o‘yinida qatnashgan, xolos. O‘shanda u «Bavariya» safiga qo‘shilgandi.

------------------------------------------------------------

** Elit ro‘yxatga tushgan barcha futbolchilar allaqachon nafaqaga chiqishgan. Eng oxirgi bo‘lib, Rayan Giggz ketdi - uelslik yulduz 2014 yilning bahorigacha o‘ynadi.

** Hozircha ro‘yxatda faqat «MYU» va «Liverpul» vakillari bor. Lekin «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne yaqin yillarda ushbu tendensiyani buzishi mumkin. Chunonchi, 4ta chempionlik unvoniga ega belgiyalik futbolchi va «Siti» o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilgacha davom etadi. Demak, unda yetakchi guruhga suqulish uchun imkoniyat yetarli.

------------------------------------------------------------

** Ispaniya chempionatida xuddi APLdagi kabi yetakchilar ro‘yxati atigi 2ta klub vakillaridan shakllangan. Albatta, «Real» va «Barselona».

** Yaqin orada kuchli uchlikning o‘zgarishi mushkul. Bundan Lionel Messining «Barselona»ga qaytib, o‘z mavqeini yaxshilashi ehtimoli kattaroqdek.

------------------------------------------------------------

** Yuqori o‘rinlar 2010-2020 yillar oralig‘ida «Yuventus» gegemoniyasini ta’minlagan futbolchilarga tegishli. Lekin ro‘yxatning quyi qismida xilma-xillik ko‘zga tashlanadi - «Pro Verchelli», «Bolonya», «Napoli», «Inter» vakillari. Bunday geografiya boshqa biror chempionatda yo‘q. 

------------------------------------------------------------

** Fransiya chempionati reytingini 29 yoshli Marko Verratti boshqarib turibdi. Yana bir tomoni, elit ro‘yxatda «PSJ»dan naq 6 nafar futbolchi bor. Ularning barchalari Parij klubi safiga 2012 yildan keyin qo‘shilishgan.

------------------------------------------------------------

** Tahlilning eng qiziqarli qismi Bundesliga atrofida - jadval kutilmagan holatlarga to‘la. Qarang, Xavi Martines deylik, Filipp Lam va Bastian Shvaynshtaygerdan ko‘proq unvonga ega - bu chindan ham, «syurpriz».

** «Bavariya»ning 8 nafar futbolchisi hisobida 7tadan oltin medal bor.

A.Ahmedov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:00, 23.07.2022.
O'qildi: 4413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.