"Yuventus" Amerika safaridagi ilk uchrashuvida Meksikaning "Chivas" klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xuan Kuadradoning fikricha, "Yuventus" o‘tgan yilga nisbatan ancha kuchaygan, o‘shanda jamoa hujumda katta muammolarga duch kelgan edi va Italiya A Seriyasi turnir jadvalida atigi to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.
"Bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, xayrli oqshom bo‘ldi. "Chivas" yaxshi raqib. Juda kuchli "Yuventus" tug‘ilmoqda, unda kuchli futbolchilar ko‘p, unda yangi kelganlar bor.
Murabbiy bizga yugur, yugur va yana yugur demoqda", — deydi Kuadrado.