Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachi Frenki de Yong uchun taklif e’lon qildi. Buni bevosita jamoa prezidenti Joan Laporta bildirdi.
"De Yong "Barselona" futbolchisi va u bizga yoqadi. Klubimizga uning transferi bo‘yicha bir qancha takliflar tushdi, ammo hozircha hech kim bilan kelishib olganimiz yo‘q. Biz u nimani xohlayotganini aniq tushunmoqchimiz ", deydi klub rahbari.
Avvalroq, OAV Frenkiga "Bavariya" va "Manchester Yunayted"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.