Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Osiyo futboli: Saudiya futbolining yuksalish yo‘li

Osiyo futboli: Saudiya futbolining yuksalish yo‘li

Baho:
+ | -

O‘tgan yilning noyabrida «Tottenxem»dan iste’foga chiqarilgan Nunu Eshpiritu Santu kutilmaganda Saudiya Arabistoniga yo‘l olib, mamlakat vise-chempioni «Al-Ittihod» boshqaruvini qo‘lga oldi.

Avvalroq Yevropaning taniqli ikki mutaxassis - Rudi Garsiya va Kike Setyen ham arab o‘lkasiga yo‘l olishgandi. Mavsum-2019|2020da «Lion» bilan Chempionlar Ligasi yarim finaliga yetib borgan Garsiya «Al-Nasr» (Oliy ligada 3-o‘rin)da ish boshladi, maoshi 5,6 mln. yevro etib belgilandi. Setyen esa chempionat-2021|2022da 4-o‘rinni egallagan «Al-SHabab» bosh murabbiyiga aylandi. Uning maoshi 3,7 mln. yevroga teng.

Iyun oyi oxirida belaruslik mutaxassis Viktor Goncharenko «Al-Ittihod» yoki «Al-SHabab» boshqaruvini qo‘lga olishi haqida gap-so‘zlari tarqalgandi, lekin u yerdagilar aynan Santu va Setyen tanlovini ma’qul ko‘rishdi. E’tiborlisi, bungacha Saudiya Arabistonida ayni darajadagi murabbiylar ishlashmagandi. Xo‘sh, ushbu mamlakat yuqori saviyali mutaxassislarni nimaning evaziga o‘ziga jalb etdi?


Osiyo futboli  bayroQdori

May oyi boshida Saudiya Arabistoni chempionati o‘yinlaridan birini boshqargan rossiyalik hakam Sergey Karasyov mahalliy liga saviyasi haqida shunday degandi: «To‘rtinchi bor ushbu chempionat o‘yinini boshqargani bordim. Martdagi bahsdan ke-yin aytishim mumkinki, u yerdagi futbol darajasi chakkimas. O‘ylashimcha, turnir jadvalining yuqori o‘rinlaridagi jamoalari Rossiyaning eng yaxshi klublariga raqobat tug‘dirishlari mumkin. 2015 yili Saudiyaga borganimizda, futbol saviyasi pastdek ko‘ringandi. Ehtimol, yillar o‘tgani sari o‘zgarish kuzatilgandir. Bizda, misol uchun, 2015-2017 yillar bilan solishtirganda, xorijlik futbolchilar tashrifi va daraja biroz pasaygandek. Har holda, legionerlar chempionatga alohida joziba bag‘ishlashadi», - deydi Karasyov.

Hakamning Saudiya futboli haqidagi ijobiy fikrlariga qo‘shilmay iloj yo‘q. Ushbu mamlakat chempionati Osiyo konfederasiyasi koeffisiyentlar jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Unga Janubiy Koreya va Yaponiya asosiy raqobatchi sanaladi, qolgan ligalar ancha ortda. Masalan, yaqin o‘tmishda yulduzli futbolchilarni jamlagan Xitoy chempionati 7-pog‘onada bormoqda.

Osiyo klub futboli iyerarxiyasidagi yuqori o‘rin qit’aning eng nufuzli turniri - OFK Chempionlar Ligasidagi samarali ishtirok bilan ham izohlanadi. So‘nggi 10 yil ichida Saudiya Arabistoni jamoalari 5 marta finalga chiqishdi. To‘g‘ri, ularning faqat ikkitasida zafar quchishdi.

Mahalliy Arab News nashri Saudiya chempionatiga shunday ta’rif beradi: «Bu liga APLning Osiyodagi talqiniga o‘xshaydi. Pul yetarli, demak, klublar yuqori saviyali futbolchi va murabbiylarni jalb etishlari mumkin. Liga raqobatbardosh, aksariyat mahalliy o‘yinchilarning chetga chiqmay, o‘z yurtlarida qolishlari ham foydaga ishlaydi».


Infrastrukturaning sezilarli rivoji

Ayni payt Saudiya Arabistonida tomoshabinlar sig‘imi va keng texnik imkoniyatlari bilan maqtana oladigan ikkita stadion bor - Ar-Riyoddagi qirol Fahd nomidagi Xal­qaro stadion va Jiddadagi qirol Abdulla Sport Siti arenasi. 2026 yilda mamlakatning uch shahri - Jidda, Ar-Riyod va Dammamda yana to‘rtta yangi stadion qad rostlaydi. Ushbu qurilish ishlari 2027 yili Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda.

Saudi Vision 2030 nomli keng qamrovli rivojlanish dasturi yordamida sport infratuzilmasi ham yaxshilanmoqda. Hozirda mamlakatning aksariyat maktablarida sportga (xususan, futbolga) ixtisoslashgan ko‘plab inshootlar qurilmoqda. Avvallari mazkur tarmoqqa yo‘naltiriladigan investisiya darajasi pastligi sabab buning imkoni bo‘lmagandi.


Yevropa bozoridagi faollik

Yaqin-yaqingacha Saudiya Arabistoni Yevropa bozorida u qadar faol bo‘lmagandi - ayniqsa, 2010 yillar boshida «Manchester Siti» va «PSJ»ning qimmatbaho qog‘ozlarini qo‘lga kiritishni boshlagan qo‘shni BAA va Qatar bilan solishtirganda, bu yaqqol sezilgandi. 2021 yilning noyabrida, Saudiya Arabistoni suveren fondi «Nyukasl»ni sotib olganidan so‘ng vaziyat o‘zgardi. O‘tgan vaqt mobaynida yangi xo‘jayinlar klubga 207 mln. yevro sarflashdi - shuning o‘zi bilan cheklanmasliklari katta ehtimol.

Joriy yilning may oyida Lionel Messi Saudiya Arabistoni brendi elchisiga aylandi - bu ham arab mamlakatining jahon futbolidagi obro‘sini oshirishda qo‘yilgan muhim qadamdir. Argentinalik yulduz o‘zining Saudiya sayyohlik elchisi sifatidagi tanishtiruv marosimida qatnashishga ham ulgurdi. Sau­diya Arabistoni turizm vaziri Ahmad al Xateb futbolchining tashrifiga quyidagicha izoh berdi: «Messini mamlakatimizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Qizil dengiz xazinalari bilan tanishishingiz, «Jeddah Season»ga tashrif buyurishingiz va qadimiy tariximiz haqida o‘rganishingizdan boshimiz ko‘kka yetadi. Bu Lionelning qirolligimizga ilk tashrifi emas va so‘nggisi ham bo‘lmaydi!»

Manba: sports.ru, A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:55, 25.07.2022.
O'qildi: 2819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.