Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Shahboz Umarov nima uchun «Ordabasi»ni tanlaganini aytdi

Shahboz Umarov nima uchun «Ordabasi»ni tanlaganini aytdi

Baho:
+ | -

«Ordabasi» klubi yarim himoyachisi Shahboz Umarov qanday qilib Qozog‘iston klubiga o‘tgani borasida so‘zlab berdi.

— Ijara asosida «Ordabasi» klubiga varianti qanday paydo bo‘ldi? Boshqa chempionatlardan ham takliflar bormidi?
— Belarus, Rossiya klublaridan takliflar bor edi. Ammo men uchun hurmatli bo‘lgan Ulug‘bek Asanboyev bilan gaplashganimdan keyin «Ordabasi»ga o‘tishga qaror qildim. Bu klubga sovrin yutishida yordam berishni istadim.

— Belarusda qaysi klublar sizga qiziqish bildirishdi?
— Chempionatning eng yaxshi jamoalari.

— Yangi jamoada sizni qanday qabul qilishdi?
— Ilk kundanoq bu yerda o‘zimni yaxshi his qilyapman.

— Nima uchun 49-raqamni tanladingiz?
— Mendan qaysi raqamni tanlashimni so‘rashdi. Men esa raqam muhim emasligini, asosiysi o‘yin ekanini aytdim. Keyingi kun kiyinish xonasiga kirganimda ushbu raqamdagi futbolkani ko‘rdim.

— Siz Qozog‘iton kubogi doirasida ikkita o‘yinda ishtirok etdigingiz. Qozog‘iston va Belarus chempionatlarini taqqoslay olasizmi?
— Qandaydir xulosalar qilish uchun hali juda ham kam vaqt o‘tdi. Shaxsan o‘zim endi jismoniy holatimni taklab boryapman va zaxiradan maydonga tushyapman. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganimdan keyin bu savolga javob berishim mumkin. Ko‘rganlarimdan aytishim mumkinki, bu yerda tezkor futbol o‘ynaladi, shuningdek, yaxshi jamoalarda o‘ynagan legionerlar bor.

— Shunga qaramay, 2ta golga assistentlik qildingiz. Mavsumga qanday shaxsiy va jamoaviy vazifalar qo‘yyapsiz?
— Qancha gol urish yoki golli uzatma berish borasida menda aniq raqam yo‘q. Maqsad bitta — mavsum yakunida imkon qadar yuqorida bo‘lish uchun jamoaga yordam berish.

— Ijara yakunlanganidan keyin BATEga qaytasizmi?
— Hozircha bu haqda o‘ylamayapman. Bor e’tiborimni «Ordabasi»ga qaratganman. BATE bilan bir yarim yillik shartnomam bor. Ijara yakunlanganidan keyin esa klubga qaytishim zarur.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 21:15, 26.07.2022.
O'qildi: 2572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик